O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Shayxzodaning qaysi asarini “o’ziga xos ijodiy jasorati“ deyish



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   187
231. Shayxzodaning qaysi asarini “o’ziga xos ijodiy jasorati“ deyish 
mumkin? 
Maqsud Shayxzodaning o’zbek adabiyotiga qo’shgan yana bir ulkan hissasi 
“Mirzo Ulug’bek” tragediyasidir. Tragediya 1964 –yilda yozilgan. O’sha yili bu 
asar Hamza teatri sahnasida qo’yildi, keyinchalik kinofilm ham yaratiildi . 
“ Mirzo Ulug’bek “ tragediyasini Shayxzodaning o’ziga xos ijodiy jasorati 
deyish mumkin. Gap shundaki, 60-yillarning boshida tarixiy mavzularga qiziqish 
rasmiy tashkilotlar tomonidan rag’batlantirilmas edi. O’sha kezlarda ilmiy 
doiralarda Ulug’bekning jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan ulug’ olim ekani 
ma’lum edi, lekin o’zbek tilida bir-ikkita she’riy asarlardan tashqari yirikroq asar 
yaratilmagandi. Shayxzoda bu muhim mavzuga adabiyotda mohiyat e’tibori bilan 
birinchi bo’lib, murojaat etdi va o’zining tarixiy qahramonlariga munosib baquvvat 
asar yarata oldi.
232. “Mirzo Ulug’bek” dramasida Ulug’bekning qaysi yillardagi hayoti aks 
etgan? 
 
Maqsud Shayxzoda asarga asos qilib Mirzo Ulug’bekning so’nggi ikki yillik 
hayoti va faoliyatini tanlab olgan. 
“Mirzo Ulug’bek” bizni olis va notanish olamga – XV asr o’rtalaridagi azim 
Samarqand muhitiga olib kiradi. O’sha davr odamlarining hayoti, o’zaro aloqalari, 
dard-u alamlari, shodlik va quvonchlari ko’z o’ngimizda jonli manzaralarda qayta 
namoyon bo’ladi. Dramaturg bizni sulton saroyiga olib kiradi, gavjum bozorlarga 
boshlaydi, qashshoq qishloqlarga yetaklaydi, madrasalar hayoti bilan yanishtiradi.
233. “Mirzo Ulug’bek” tragediyasida Ulug’bekdan tashqari yana qanday 
tarixiy shaxslar berilgan? 
 
“Mirzo Ulug’bek” tragediyasi adolatli podshoh va buyuk astronom olim 
Ulug’bek boshchiligidagi ilg’or ziyolilar, taraqqiyparvar kuchlar bilan yomon 
niyatli guruhlar o’rtasidagi keskin kurash asosiga qurilgan. Asarda bosh qahramon 
Mirzo Ulug’bekdan tashqari, Abdullatif, Gavharshodbegim, Xo’ja Ahror, Said 
Obid, Abbos, Ali Qushchi, Sakkokiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Qozi Miskin kabi 
tarixiy shaxslar obrazlari ham mahorat bilan yaratilgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin