O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


“Kuychining xayoli” she’ri muallifi kim? Kimga bag’ishlangan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   187
258.“Kuychining xayoli” she’ri muallifi kim? Kimga bag’ishlangan? 
“Kuychining xayoli” she’ri Hamid Olimjon tomonidan yozilgan bo’lib, unda 
xalq baxshisi Fozil Yo’ldosh o’g’lining badiiy olami aks ettirilgan. Xalq og’zaki 
ijodiga bolalik yillaridan mehr qo’ygan shoir 30-yillarning o’rtalarida Fozil 
Yo’ldosh o’g’li singari baxshilarni qayta qashf etib, ularning “Alpomish” singari 
qahramonlik dostonlarini nashr etishda qatnashadi. “Kuychining xayoli” she’rida 
shoir ana shu rang-barang qahramonlarga, bir-biridan maroqli voqealarga boy 
olamni gavdalantirib bergan. Baxshi aytgan doston va termalarda xalq ma’naviy 
hayoti, tarixi, udumlari, orzu va intilishlari aks etganini; bu asarlar kitobxonga, 
xalqqa ruhiy oziq va madad berishini alohida ta’kidlab ko’rsatgan: 
Kuy ko’pdir, qo’shiqlar millioncha jonni 
 
 
Qozg’ata oladi, muhtaram padar! 
 
 
Ana shu kuychining jamiyatdagi, xalq ma’naviy hayotidagi o’rni ushbu 
she’rda baxshiyona ohang va ranglarda ishonarli qilib ochib berilgan. 
259. Hamid Olimjonning ”Sevgi” she’rida qanday g’oyalar ilgari surilgan? 
 
Xalq og’zaki ijodida mahbubaning jang maydonlarida kurashayotgan yor 
ortidan borishi tasvirlangan asarlar Hamid Olimjon ijodida ko’plab uchraydi. Shoir 
tomonidan yozilgan ”Sevgi” she’rida ana shu an’anaviy sujetdan foydalanilgan. 
Ammo bu she’rdagi oshiq va ma’shuqa obrazlari Vatan urushi maydonlarida
harakat etishi bilan real kishilarga aylanadilar. She’rda urush davri haqiqatining 
badiiy tajassum topishiga imkoniyat yaratadi. Shoir davr talabi bilanmuhabbat 
49
Фикрлaр муaллифи Н. Kaримов. Бу ҳақда қаранг: Н. Kaримов. Ҳaмид Oлимжон. – T.: 1979. 118-бeт.


tuyg’ulari va ishqiy kechinmalar tasvirini ham jang maydoniga ko’chiradi. She’rda 
tasvirlangan qiz jangchi yori ortidan frontga yo’l oladi. “Menga ne kerakdir bu 
yolg’iz qolish? Sensiz ololmasman also men nafas”, deydi u va bosh olib, jang 
maydoniga ketadi: 
Balki uchrashmasmiz biz endi mangu, 
 
 
 
Bo’samiz ham qolar balki sargardon. 
 
 
 
Lekin sevishganlar qaytmas o’limdan, 
 
 
 
Lekin mangu qolar ikki tomchi qon. 
 
 
Ikki sevishganlar Vatan ozodligi va mustaqilligi yo’lida halok bo’lishlari 
mumkinligini sezadilar. Lekin bu fojiali yakun ham ularni mardlik va jasorat 
yo’lidan qaytarmaydi: 
Bug’doy boshog’iday ko’kka intilib, 
 
 
 
Men shunda tuproqdan ko’tararman bosh. 
 
 
 
Sening qonlaringdan o’sar qizil gul, 
 
 
 
Yoqutga aylanar soylardagi tosh. 
 
 
 
Dunyoni yoritar bizning sevgimiz. 
 
 
 
Ikkimiz hech o’lmasmiz also… 
 
Hamid Olimjonning baxt sururidan mast bo’lgan lirik qahramoni mustaqillik 
uchun kurashda o’z baxtini ham, sevgisini ham qurbon qilishga tayyor. Zero, uning 
uchun shaxsiy farog’atdan ko’ra xalq va yurtning taqdiri, istiqloli muhimdir. Uning
butun she’riy ijodida olg’a surilgan g’oyalar shu nuqtaga kelib, o’zaro tutashadi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin