turli iqlimlardan kelgan oshiqlar oldiga o’z shartlarini qo’ysalar va g’olibga
turmushga chiqsalar, bu dostonda Parizod g’olib cho’pon Bunyodga tegmaydi:
Qancha botir bo’lsang ham,
Zo’r bahodir bo’lsang ham,
To’shaging xas, deb bildim,
Aslingni past , deb bildim…
264. Hamid Olimjonning qaysi asari qahramonning laqabi bilan nomlangan?
Hamid Olimjonning “ Muqanna” dramasi urush yillari davrida, ya’ni 1942-
yilda yozilgan. Muqanna “niqobli kishi” demakdir. Asar bosh qahramoni Muqanna
uning asl ismi Hoshim ibn Hakim bo’lib, “niqobli kishi” uning laqabidir.
265. Muqanna asli kim bo’lgan?
Muqanna marvlik bo’lib, Abo Muslim huzurida otasi singari sarhang
lavozimida xizmat qilgan. Narshaxiyning aytishicha, u keng bilimli, turli fanlar va
“sirli san’atlar “dan xabardor kishi bo’lgan. U o’z atrofiga xalq ommasini to’plash
va uning muhabbatini qozonish niyatida har xil da’volar qilgan.
Tarixiy manbalar Muqannaning yuzida doimo niqob bo’lganligi haqida
ma’lumot beradi. Uning yuzini birortakishining ko’rganligi haqida hech bir so’z
yo’q. Shu dalilning o’ziyoq Hamid Olimjonning asarni romantic fojia tarzida
yozgani bejiz emas. Uning romantic tasvir uslubi esa asarda tasvirlangan barcha
voqealarga o’zgacha bir ruh, o’zgacha bir nafosat bag’ishlagan.
266. Hamid Olimjon ”Muqanna” asarini yozishda kimning ta’siri bo’lgan?
Taniqli adabiyotshunos Sarvar Azimovning guvohlik berishicha, H.Olimjon
pedakademiyada tahsil ko’rgan davridayoq mashhur yozuvchi Sadriddin Ayniydan
ta’sirlangan. Shoir Muqanna qo’zg’oloni bilan qiziqib, o’zbek xalqi tarixining bu
qahramonona sahifasini qunt bilan o’rgangan. 1937-yili esa Muqanna harakatiga
bag’ishlanhan dramatik asar yozishga kirishib, hatto uning birinchi pardasini yozib
tugatgan. Lekin hali adabiy tajribaning yetishmasligi sababli Hamid Olimjon
o’zining bu ijodiy niyatini oxiriga yetkazolmagan.
Dostları ilə paylaş: