Qayg’usi yo’q biror kunni ko’rmadim,
Biror soat men baxtiyor bo’lmadim…
Ixtiyorni bersang agar menga sen,
Ozodlikka topinardim yolg’iz men.
Ana shu Guloyin Battol qilichidan yaralanib, halok bo’lar ekan, Muqannaga
shunday deydi:
Ko’zim ochding, men dunyoni keng ko’rdim,
O’zimni ham odamlarga teng ko’rdim.
Sening bilan birga yozdim qanot ham,
Ko’zlarimga go’zal bo’ldi hayot ham.
Bir necha kun havas bilan yashadim,
Hatto erkin nafas bilan yashadim.
Faqat ozodlikka topinishni istagan Guloyin Muqanna tufayli milliy-ozodlik
harakatiga qo’shilib, qo’liga qilich olgach, hayot uning ko’zlariga go’zal bo’lib
ko’rinadi; shu ma’noda Muqanna uning ko’zini ochib, keng dunyoni ko’rishiga
imkon beradi. Muhabbat mavzusi asar to’qimasiga shu tarzda uzviy kirib borib,
qahramonlarning kurashi va intilishlarini go’zallashtiradi.
Dostları ilə paylaş: