291. Otayorning “ Men quyoshni ko’rgani keldim” kitobi qaysi ijodkor haqida? Yozuvchi Otayorning “Men quyoshni ko’rgani keldim” asari Mirtemir
haqida. Unda shoir asarlari tahlil qilingan, hayoti va ijodiga doir esselar yozilgan.
292. Mirtemir ijodi mustaqillik yillarida qanday baholandi? Shoirning avlodlarga qoldirgan ijodiy merosi ardoqlanib, to’rt jildlik
“Asarlar”i chop etildi, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi ulkan xizmatlari
evaziga 2002-yilda ”Buyuk xizmatlari uchun “ ordeni bilan taqdirlandi.2010-
yilda xalqimizning sevimli shoiri tavalludining 100 yilligi nishonlandi.
293. Mirtemirning ”Bulut”, “Shudring” kabi she’rlari qachon va qanday mavzuda yozilgan? XX asrning 50-60-yillarida yozilgan bo’lib,ularda tabiat tasviriga keng o’rin
ajratilgan.Uning tabiat hodisalarini kuzatish orqali teran falsafiy xulosalar,go’zal
qiyoslar,betakror obrazlar yaratish mahorati yaqqol sezilib turadi:
Ko’k yuzida dam qaldiroq, dam sukut, Yog’may o’tma, pag’a bulut – oq bulut! Yog’ib o’tsang – tizza bo’yi o’t bo’lur, O’t bo’lur, ham sut bo’lur, ham qut bo’lur. 294. Mirtemirning ilk she’ri qachon va qanday nomda chiqqan? Mirtemir bir umr yuksak ma’nodagi xalqchillikkka intilib kelgan,
xalqchillikni she’riyatning onasiga aylantira olgan shoirdir. Shoirning ilk qo’shiq
laridayoq qo’shiq aytib, rom qilish, qo’shiq aytib qanotlantirish mayli kuchli
bo’lgan. U o’z she’ri, qo’shig’I oldiga mana shu talabni qo’ygan. Dastlabki she’ri
”Tanburim tovushi” bo’lib, 1926-yilda yozilgan. She’r misralariga e’tibor beraylik:
Tanburim torining yangroq sadosi, Borliqda umidlar uyg’otib borsin: Qalblarni eritib yoniq navosi Har ruhga bitmas zavq uyg’otib borsin. Bu satrlarning yozilganiga sal kam bir asr bo’lyapti, shoirning o’nlab
qo’shiqlari chindan ham “har ruhda bitmas zavq o’ynatib” keldi. Bu zavqning
manbai Mirtemir taronalarining tozaligi, g’uborsizligida, deb bilmoq kerak.