O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Mirtemirning ilk to’plami qachon va qanday nomda chiqqan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   187
 288. Mirtemirning ilk to’plami qachon va qanday nomda chiqqan? 
 
Xalq shoiri Mirtemir: “Birinchi she’rim 1926-yilda “Yer yuzi” jurnalida 
“Tanburim ovozi” nomi bilan bosilib chiqdi”
53
,- deb eslaydi. 1928 – yilda 
“Shu’lalar qo’ynida” nomli birinchi she’rlar to’plami chiqadi. Bu to’plamga 
shoirning “Mehnat”,”So’nggi xat”,”Kurash va tilak”,”Baxt”, “Sahro”, “Mehnat 
bolasi” kabi sochma she’rlari kiritilgan. To’plam yangi davr ruhini o’zida ifoda eta 
olgani bilan xarakterlidir. Unda inson mehnatining badiiy obrazi chizilgan. Bu asar
bilan Mirtemir o’zbek adabiyotiga sochma janrni olib kirdi. 
289. Mirtemirning “Shu’lalar qo’ynida” kitobiga qaysi tanqidchi so’zboshi 
yozgan?
Mirtemirning yangi davr ruhi bilan sug’orilgan “Shu’lalar qo’ynida” nomli 
kitobiga tanqidchi Sotti Husayn quyidagicha so’zboshi yozgan:”Qo’lingizdagi 
to’plam o’zbek adabiyotiga yangi qo’zg’alon, yangi umidlar bag’ishlaydi… 
“Shu’lalar qo’ynida”gi sochmalardan haqiqatan kurash, isyon, zafar taronalarini 
tinglab olarsiz... O’zbek ishchisi, dehqoni o’z hayotini, kurashini shu kitobdan
o’qib ko’radi, zavqlanadi, lazzat oladi”. 
“Shu’lalar qo’ynida” kitobida g’uncha tarzida namoyon bo’lgan ijobiy 
tomonlar shoining keyingi asarlarida tobora yorqinroq ko’rinib, o’sa bordi. 
290. ”Mirtemir she’rlarini o’qisam yayrab ketaman. U shoshilmay, erkalanib 
yozadi”. Fikrlar muallifi kim?
Mirtemir ijodining fazilatlari ko’p. Shoirning yozgan she’rlari g’oyaviy
mazmun jihatidan ham, badiiy shakl jihatidan ham boshqa asarlaridan ustun turadi. 
Bunday ijodiy o’sish Mirtemirning ustoz shoirlar maktabidan saboq olishi, mahorat 
sirlarini puxta o’zlashtirishi, hayot haqiqatini sinchiklab o’rganib, asar ustida qunt 
bilan mehnat qilishining natijasidir.Ana shuning uchun ham akademik shoir G’afur
G’ulom ”Mirtemir she’rlarini o’qisam yayrab ketaman. U shoshilmay, erkalanib 
yozadi”
54
, - degan edi
Alisherga alla aytib uxlatgan 
Sen - Ona. 
Og’ushida Bobur kamolga yetgan 
Sen - Ona. 
Torobiyni og’ir jangga jo’natgan 
Sen - Ona… 
Misralar muallifi kim? 
Misralar muallifi Mirtemirdir. She’rning nomi ”Sen – ona!“ den nomlangan 
bo’lib, urush davrida yozgan. 
53
Aдaбиётимиз автобиографияси. – T.: 1973, 237-бeт. 
54
Қaрaнг: Сaид Aҳмaд. Нaзм чoрраҳасида. – T.: “Ёш гвaрдия”, 1982, 16-бeт. 



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin