286. Hamid Olimjonning olimlik faoliyati haqida nimalar bilasiz? Hamid Olimjon badiiy asarlar yozish bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot
ishlarini ham olib bordi. Hamid Olimjon sinchkov tadqiqotchi va iste’dodli olim
sifatida “O’qish va o’rganish qiyinchiliklari”, “Yozuvchining saviyasini
ko’taraylik”, “Adabiyot va xalq”, ”O’zbek xalqining adabiyoti” singari
maqolalarida yangi adabiyotimizning nazariy va amaliy masalalarini chuqur va
atroflicha o’rganadi.
Bundan tashqari, Hamid Olimjon o’zbek mumtoz adabiyotini va xalq
og’zaki ijodini tadqiq etishga ham alohida e’tibor beradi. ”O’zbek xalqining ulug’
shoiri Navoiy”, ”Navoiy va zamonamiz”, “Mardlik, muhabbat va do’stlik dostoni”,
”Farhod va Shirin haqida”, ”Muhammad Amin Muqimiy”, “Jambul va xalq” kabi
jiddiy maqolalar yozgan. Bu maqolalarda Mumtoz adabiyot va xalq og’zaki
ijodining bebaho boyliklari tahlil etilib, milliy qadriyatlarimizning o’ziga xos
xususiyatlari va ibratli tomonlari adolatli ravishda ochib berilgan.
Mavzu: MIRTEMIR 287. Mirtemir kim? Siz alloma haqida nimalar bilasiz? Mirtemir XX asr o’zbek she’riyatini tom ma’nodagi lirik she’rlar va badiiy
yuksak dostonlar bilan boyitgan xalqimizning sevimli shoiridir. O’zbekiston xalq
shoiri Mirtemir asarlarida xalq hayotining nafasi ufurib turadi, inson qalbining eng
nozik jihatlari ham aniq va yorqin ko’rinib turadi, maftunkor yurtimizning turfa xil
ranglari jilolanadi. Shuning uchun ham o’zbek tanqidchilari sevimli shoirimizni
“o’zbek she’riyatining bobodehqoni” deb atashardi. Bu unvondan shoir shaxsiga
ehtirom bilan birga, uning she’riyatidagi xalqchillik ham yaxshi ifodalangan.
Akademik yozuvchimiz Komil Yashin ustoz shoir haqida shunday degan:
”Mirtemir yangi o’zbek she’tiyatining tamal toshini qo’ygan ustoz,oqsoqol shoirlarimizdan. U g’oyatda mehnatkash, jafokash, hassos, bilimdon, kamtar, zukko so’z san’atkoridir,hozirgi zamon she’riyatimizni yuksaklikka ko’tarishda zo’r kuch sarf etdi” 51 . Chingiz Aytmatov esa :“Mirtemir ulkan shoir, jonajon do’st, tengi yo’q dilkash inson edi… U G’afur G’ulom,Oybek, Maqsud Shayxzoda va o’zbek adabiyotining katta avlodiga mansub boshqa san’atorlar bilan yonma- yon turadi” 52 , - deb yozgan edi.
Mirtemir Tursunov 1910-yilning 10-mayida Qozog’iston respublikasining
Turkiston tumanidagi Eski Iqon qishlog’ida dehqon oilasida tug’ilgan. Oldin qish-
loqda savod chiqaradi. O’n bir yoshida Toshkentga kelib, maktab internatda tarbi-
yalanadi, yangi maktabda o’qiydi. Pedakademiya ( hozirgi Alisher Navoiy nomli
Samarqand davlat universiteti)da ta’lim oladi. So’ng gazeta va jurnal tahririyatlari-
da ishlaydi, turli nashriyotlarda muharrirlik qildi, badiiy ijod va tarjima bilan shu-
g’ullandi.O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo’lib ishladi,
yosh shoirlarni tarbiyalashga katta hissa qo’shdi.
51
Mиртeмир. Aсaрлaр. 1-жилд. – T.: 1980, 5-бeт.
52
Mиртeмир зaмондошлари xoтирaсидa. – T.: 1982, 24-бeт.