278. Hamid Olimjonga yoshligidan hamroh bo’lgan janr qaysi edi? Hamid Olimjonga folklor (xalq og’zaki ijodi ) yoshligidan hamroh bo’lgan.
Bobosi mulla Azim va onasi Komila bibi aytgan ertak va matallarni jon qulog’i
bilan tinglagan. Shoir 30-yillarning ikkinchi yarmida xalq baxshisi Fozil Yo’ldosh
o’g’li og’zidan yozib olingan “ Alpomish “ dostonini nashrga tayyorlagan…
279. “Bizning yozuychilarimizga folklorni bilish zarur. O’zbek adabiyotini yuksaltirish, uning tilini chin xalq tili qilish, sodda va chuqur qilish, umuman aytganda, o’zbek yangi adabiyotini chin ma’noda xalqchil qilish uchun folklorning ahamiyati buyuk bo’lur”, - deb yozgan sah’atkor kim ?
1936-yili Hamid Olimjon Fozil Yo’ldosh o’g’lidan yozib olgan “Alpomish”
dostonini nashrga tayyorladi. Bu voqea shoir ijodiga barakali ta’sir ko’rsatdi.
Hamid Olimjon ijodida boshlangan o’zgarish belgisi sifatida “Kuychining xayoli”
she’ri maydonga keldi. Bu she’r Fozil Yo’ldosh o’g’liga bag’ishlangan. Shu bahona shoir xalq
og’zaki ijodiga murojaat qildi, o’zi ham xalqona ruhda ko’plab she’r hamda
“Oygul bilan Baxtiyor” (1937),”Semurg’ yoki Parizod va Bunyod” (1939 ) kabi
ertak-dostonlarni yozgan.
280. Hamid Olimjonning aniq hayotiy voqealar asosida yozgan dostoni qanday nomlangan? O’zbekiston 30-yillarda 1 million tonna “oq oltin” xirmoni yaratadi. Davlat
ko’plab paxtakorlarni yuksak mukofotlar bilan taqdirlaydi. Bular orasida Buxoro
viloyatining G’ijduvon tumanidagi brigadir Zaynab Omonova ham bor edi. Hamid Olimjon aniq hayotiy voqealar asosida 1936-yilda “Zaynab” nomli
ocherk yozadi. Ocherk qahramoni Buxoro viloyati G’ijduvon tumanidagi jamoa
xo’jalik a’zolaridan biri Zaynab Omonovadir. Ocherk shoirga tinchlik bermaydi.
Bundan ilhomlangan Hamid Olimjon 1938-yilda “Zaynab va Omon” dostonini
yaratadi. Ijodkor nazarida mehnat maydonida dongdor paxtakor sifatida tug’ilgan
Zaynab va uning shu maydonda topib tekkani Omon yangicha insoniy munosabat
larning jonli timsoli, “yangi davr”ning “yangi kishilari” edi:
So’ylab beray Zaynab va Omon Sevgisidan bir yangi doston. Bir zo’r otash, bir zo’r alanga
Ikki qalbga tutashgani rost. Bir sevgikim, jon berur tanga, Ham Zaynab-u Omonlarga xos.