O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Hamid Olimjonning “Muqanna” asari qanday ruhda tugaydi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   187
273. Hamid Olimjonning “Muqanna” asari qanday ruhda tugaydi? 
“Muqanna” dramasidagi Muqanna va uning lashkari so’nggi nafasiga qadar 
vatan ozodligi uchun kurashadi. U ona tuproqni dushmandan ozod qilgandan keyin 
ham yuzidagi niqobni olish haqidagi va’dasini bajarolmaydi. Jangda mag’lubiyatga 
uchragan yo’lboshchi gulxan yoqdirib, ota-bobolar yotgan tuproqqa aylanishi 
oldida haqli ravishda deydi:
 
 
 
Xalqqa ayting, men also o’lganim yo’q, 
 
 
 
Yov qo’liga taslim ham bo’lganim yo’q. 
 
 
 
Men elimning yuragida yashayman, 
 
 
 
Erk deganning tilagida yashayman. 
 
Sho’ro davrida yaratilgan fojialarning bunday tantanavor ohangda tugashi 
ma’nodan xoli emas. Har bir yirik asarbu davrda ayni paytda tarbiya quroli ham 
edi. Hamid Olimjon “Muqanna” fojiasi bilan sho’ro tuzumi va mamlakatini 
dushman changalidan himoya etishga katta hissa qo’shdi. Lekin bugun bu asar 
zamiridagi milliy mustaqillik uchun kurash g’oyasi, ona-Vatanni sevish va 
ardoqlashga qaratilgan ruh biz uchun juda ham muhimdir. 
274. Hamid Olimjonning ”Roksananing ko’z yoshlari” nomli asari qaysi 
janrda yozilgan? 
Hamid Olimjon “Roksananing ko’z yoshlari” she’rini urush yillarida ballada 
janrida yozgan. Voqea Farg’ona vodiysiga qarashli o’zbek urf-odatlari yaxshi 
saqlangan Shahrixon tumanida bo’lib o’tadi.  


Hamid Olimjon urush tufayli o’zbek tuprog’idan makon topgan Roksana 
fojiasini tarixiy davr manzaralari negizida tasvirlaydi. Begona yurtga, begona 
kishilar va begona urf-odatlar muhitiga kelib qolgan Roksananing boshiga katta 
musibat tushadi. Agar yakka-yuyolg’iz go’dagi Vovaning o’limi Roksanani ruhan 
majruh etsa, uning jasadini qayerga qo’yish masalasi baxtsiz onaga yangi iztiroblar 
keltiradi. Ijodkor ana shunday fojiali vaziyatda qolgan Roksananing o’zbek yurtida 
mehr-shafqatsiz, muruvvatsiz qolishi mumkin emasligini ko’rsatadi. Agar 
Roksanani o’z panohiga olgan Sora butun mahallani oyoqqa turg’azib, uni izlasa 
va unga hamdard bo’lsa, qabristondagi choluning musibatiga teng sherik bo’ladi. U 
jasadni qo’liga olar ekan, “Bilsang, mening ham o’g’lim Qoldi sening yeringda. 
Bor mening ham bir qabrim Sening sevgan elingda”, deydi. Uning bu so’zlarida 
katta ma’no bor: davr turli millat, turli tuproq va turli iymon-e’tiqodga mansub 
kishilar qalbini ham, qabrini ham birlashtirib yuborgan edi. Shoir ana shu tarixiy 
haqiqatga suyanib, asarda xalqlar do’stligi g’oyasini barilla kuylagan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin