O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Hamid Olimjonning tarjimonlik faoliyati haqida nimalar bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   187
260. Hamid Olimjonning tarjimonlik faoliyati haqida nimalar bilasiz? 
Hamid Olimjon shoir, nosir, dramaturg hamda adabiyotshunos olim
bo’libgina qolmasdan, balki mohir tarjimon hamdir. Shoir A.S. Pushkinning “Suv 
parisi”, ”Kavkaz asiri”, N. A. Ostrovskiyning “Po’lat qanday toblandi” kabi
asarlarini yuksak mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qilgan.
261. Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertagi qaysi ertakni 
eslatadi? 
 
Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertagi o’zbek xalq ertaklaridan 
“ Malikai Husnobod” ni esga soladi, uning ozodlik, baxt va muhabbat haqidagi 
ideali bilan mujassamlashgandek. Ammo teranroq nazar tashlansa, u Hamid 
Olimjon Oygul bilan Baxtiyorning sevgi va baxti tarixini emas, balki “Jambil 
degan tomonda, Juda qadim zamonda” zolim xonga qarshi ko’tarilgan isyonga, 
Darxon boshliq isyonchilarning qatl etilganiga va uning qizi Oygul bilan Baxtiyor 
ning bu zolim xondan o’ch olib, uning o’rniga Jambilga Tarlonni boshliq qilib 
ko’targaniga e’tiborni qaratadi. Ya’ni dostonda tasvirlangan voqea yo’qsillarning 
1917-yil inqilobiga hamohanggina emas, balki aslida uning majoziy – ertaknamo 
tasviri hamdir. 


262. ”Bahor keldi seni so’roqlab” she’ri kimniki, nima munosabat bilan 
yozilgan? 
“Bahor keldi seni so’roqlab” Zulfiya tomonidan Hamid Olimjonga bag’ishlab 
1945-yilda yozilgan she’rdir. Shoira qayg’uli, iztirobli va hatto fojiali voqealar 
haqida ham kishini qiyinchiliklarni yengishga chorlovchi hayotbaxsh asarlar yarata 
oldi. Bu xususiyat ijodkorning yuqoridagi she’ridan tashqari “Kechir, qoldim 
g’aflatda”, “Hijron kunlarida”, “Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh”, “Sen 
qaydasan, yuragim”, “Ne baloga etding mubtalo”,“Yulduz” kabi she’rlarida ochiq 
ko’rinadi. Zulfiyaning “Bahor keldi seni so’roqlab” she’rida hayot va o’lim, 
muhabbat va hijron, sevgiga sodiqlik hamda bevaqt ayriliq haqida teran poetik fikr 
yuritilgan: 
Salqin saharlarda, bodom gulida, 
 
 
 
 
Binafsha labida, yerlarda bahor. 
 
 
 
 
Qushlarning parvozi, yellarning nozi, 
 
 
 
 
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor… 
 
 
 
 
 
Qancha sevar eding, bag’rim bahorni, 
 
 
 
 
O’rik gullarining eding maftuni. 
 
 
 
 
Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi 
 
 
 
 
Ko’zlaringga surtib o’parding uni. 
 
Zulfiya xayolan Hamid Olimjon bilan suhbat quradi. Bahor va baxt haqida 
to’lqinlanib gapiradi. Shoir bahor maftuni bo’lgan. She’r davomida bahor shoirni 
qidiryapti, lekin hech qayerdan topolmayapti. Hulkar va Omonlarni ham ko’rdi, 
lekin bahorning oshig’i xayolchan yigit yo’q. Shoiraga bu holat Hamid Olimjonni 
eslatib yubordi. Sevgan yoridan bevaqt ayrilib, uning dard-u firoqida yongan, ich-
ichidan ezilib, qanchadan-qancha qayg’u va musibatli damlarni o’z boshidan 
kechirgan Zulfiya, ya’ni lirik qahramon she’r so’ngida shunday yozadi: 
Bahorga burkangan sen sevgan elda, 
 
 
 
 
Ovozing yangradi jo’shqin, zabardast. 
 
 
 
 
O’lmagan ekansan, jonim, sen hayot, 
 
 
 
 
Men ham hali sensiz olmadim nafas. 
 
 
 
 
 
Hijroning qalbimda, sozing qo’limda, 
 
 
 
 
Hayotni kuylayman, chekinar alam. 
 
 
 
 
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda, 
 
 
 
 
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham! 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin