283. Akademik Oybek shoir Hamid Olimjonni qanday ta’riflagan?
50
Ҳaмид Oлимжoн. Ўрик гуллагандa. Toшкeнт, Aдaбиёт вa сaнъaт, 1990. 52-бeт.
Ona Vatanni, ona tuproqni ardoqlash hamma davrlar adabiyoti uchun
mushtarak hodisa. Hamid Olimjon ham bu mavzuga qayta-qayta murojaat etib,
sho’rolar vatanining jahondagi eng baxtli kishilarning makoni sifatidagi obrazini
yaratishga urindi. Uning tasviridagi vatan – kishilikning muqaddas beshigi. Shoir
yaratgan lirik qahramon shu beshikda ulg’aygani bilan faxrlanadi. Shu beshik unga
hayotgina emas, baxt-saodat ham berganiga ishonadi. “O’lka” she’rida shunday
yozadi:
Men dunyoga kelgan kudanoq
Vatanim deb seni, uyg’ondim.
Odam baxti birgina senda
Bo’luriga mukammal qondim.
Shoir ijodida vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhi bilan sug’orilgan she’rlar
juda ko’p. Akademik yozuvchimiz Oybek bejizga Hamid Olimjonni “Otashin
vatanparvar va talantli shoir” deb aytmaganiga guvoh bo’lamiz.
284. Hamid Olimjonning “Gamlet” (V. Shekspir) fojiasi ta’sirida yozilgan
she’ri qanday nomlangan?
Hamid Olimjon “Gamlet” (V. Shekspir) fojiasi ta’sirida “Ofeliyaning
o’limi” nomli she’rini yozgan. Bu she’rda pok sevgi, samimiy insoniy muhabbat
madh etiladi. Uni beg’ubor sevgi yo’lida qurbon bo’lgan yosh yuraklarga qo’yilgan
she’riy haykal desa bo’ladi.
285. Hamid Olimjonning qaysi she’rini peyzaj lirikasining yorqin namunasi
deyish mumkin?
Hamid Olimjonning “O’zbekiston” she’rini peyzaj lirikasining eng yorqin
namunasi deyish mumkin. Shoir she’riyatida jonajon O’zbekiston va o’zbek xalqi
obrazi butun bo’yi basti va tarovati bilan yorqin namoyon bo’ldi. “O’zbekiston”
she’rida aniq detallar, rang-barang tasvir vositalari yordamida nurli yurtimizning
yaxlit poetik obrazini yaratib, asar g’oyasini she’rning qat-qatiga singdirib yubordi,
unda tabiat manzarasi kitobxon ko’z o’ngida to’laligicha namoyon bo’ladi:
O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston,
Dostonlarda bitgan guliston.
O’zbekiston deya atalur,
Uni sevib ei tilga olur.
Chiroylidir go’yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog’lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qosjida.
Chor atrofga yoyganda gilam,
Aslo yo’qdir bundayin ko’klam…
Bu shundayin ajib diyordir.
|