asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Mirtemir hamisha o’z ijodida oddiy odamlarni, mehnat kishilarini madh etib
kelgan. Shoirning so’nggi she’rlarining qahramonlari ham oddiy paxtakorlar, g’alla
yetishtiruvchilar, ishchilar, ziyolilar,.. Shoir ularning har biriga xos bo’lgan noyob
fazilatlarni topadi va ulug’laydi.
Mirtemir ijodining so’nggi bosqichidagi asarlar shoir poeziyasidagi beqiyos
milliy ranglarga yo’g’rilgan obrazlilik, xalqchillik, shaklning mukammalligi, uslub
tiniqligi yana bir pog’ona yuksakka ko’tarilganidan dalolat beradi. Shoir she’riyati,
uning tili, o’lkamiz tabiatidek ranglarga, jilolarga boy uslubi kitobxonda yorqin
taassurot qoldiradi.
Mirtemir bir she’rida “Qo’shiqlarim, siz uchun xijolatli emasman”, deb
yozgan edi. Shoir tug’ma iste’dod egasi edi, uning baquvvat asarlari hisobsiz edi.
Shuning uchun Mirtemir o’z she’rlari uchun xijolat bo’lmaslikka batamom haqli
edi. Shoir she’riyati ko’p yillar davomida “El dilini shu’lador qilib keldi”, bundan
keyin ham shunday bo’lib qolaveradi.
306. ”Kipriklarim” she’ri kimniki, u nima munosabat bilan yozilgan? “Kipriklarim” she’ri shoir Mirtemirniki.1960-yilda yozilgan bu she’r yosh
qalamkash do’stlariga bag’ishlangan. Shoir o’zi parvarishlab o’stirayotgan ijodkor
yoshlarni kipriklarim deb atadiki, natijada kiprik poetik obrazi an’anaviy obraz
darajasidan ko’tarilib, yangi zamonaviy mazmun bilan sug’orilgan:
Kipriklarim qo’ng’irmikin yo qora? Kipriklarim yuztamikin yoki ming? Kipriklarim muncha aziz va sara, Ko’zginamning kipriklari… Mirtemir yosh ijodkorlarni doim qo’llab-quvvatlagan. Ularni yangi-yangi
cho’qilarga chorlagan, ruhiy madad bergan. Bu she’rning oxirgi misralarida
shunday ifodalanadi:
Ey, aziz kipriklarim. Sergaklikda tiriklarning siz-ku eng tiriklari. Kiprigimday azizlarim, nechog’liq ham suyuksiz. Armonimday buyuksiz!