328. Zulfiya “O’ylar”,”Yillar, yillar” tukumlarida nima haqda fikr yuritadi? Zulfiyaning “O’ylar”, “Yillar, yo’llar” turkumlarida hayot va inson, umr
mazmuni, muhabbat va sadoqat, yashash va kurash ma’nosi to’g’risida fikr
yuritiladi.
329. ”Uni Farhod der edilar” (Zulfiya) dostoni nima haqida? Zulfiya tomonidan yozilgan “Uni Farhod der edilar” dostonida ayol qalbining
sezgir, beorom tabiatini ko’ramiz. Doston, bizning nazarimizda, hozirgacha o’z
fayzini saqlab qolgan asarlardan. Doston markazida qahramonning mardlik va
vatanparvarlik bilan to’la ma’naviy dunyosi tahlil etiladi. Asarning zamirida
san’atkorning so’zi bilan ishi bir bo’lishi kerak, degan fikr mavjud. Bosh
qahramon mashhur san’atkor Qobilqori. Farhod rolini mahorat bilan ijro etgani
uchun Farhodning o’zi der edilar. Frontga borib, ona-Vatan yo’lida qurbon bo’ladi.
Uning qahramonona hayot yo’li va fojiali taqdiri “Hayotimizni saqlab qol, do’stlar uchun qasos ol”, degan chaqiriq yanglig’ yangrab turadi.
330. ”Zulfiya o’z xalqining taqdiri bilan qo’shilib ketgan ijodkor” deya kim ta’kidlagan? Zulfiya haqidagi mazkur fikrlar dog’istonlik mashhur shoir Rasul Hamzatov
tomonidan aytilgan.
331. Zulfiya qaysi xalqlar mukofotini olgan? Shoira Zulfiya Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatida faol qatnashdi,
mamlakatimiz vakili sifatida Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma,
Avstraliya kabi mamlakatlarda bo’ldi. She’riy chiqishlari orqali katta e’tiroflar-u
bir qator mukofotlarga sazovor bo’ldi. Zulfiyaga berilgan qo’sha-qo’sha
mukofotlar uning el-yurt oldidagi katta xizmatlaridan dalolat beradi.
Shoira ko’plab xalqaro mukofotlar sohibi hamdir. Hindistonning Javoharlal
Neru nomidagi davlat mukofoti (1968) va xalqaro “Nilufar” mukofoti (1970),
Bolgariyaning “Kirill va Mefodiy” ordeni bilan taqdirlangan.