O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   187
Mavzu: ASQAD MUXTOR 
 
332. Asqad Muxtor qachon va qayerda tug’ilgan? 
XX asr o’zbek she’riyati, nasri, tarjimachilik san’ati va dramaturgiyasi rivojida
Asqad Muxtorning alohida xizmatlari bor. Jahon adabiyotining eng sara 
namunalarini puxta o’rgangan, badiiy ijodga juda jiddiy faoliyat turi sifatida 
qaragan bu adib o’zidan boy va ibratli adabiy meros qoldirdi. 
Asqad Muxtor 1920-yil 23-dekabrda Farg’ona shahrida temiryo’lchi oilasida 
tug’ilgan.11 yoshga to’lganida otasi vafot etadi. O’n ikki yetim bolani boqib katta 
qilish oson ish emas edi. Asqad Muxtor bolalar uyida tarbiya topadi, o’qiydi. 1936-
yilda Toshkentga kelib, jurnalistlar tayyorlaydigan kursga o’qishga kiradi, gazeta 
tahririyatida ishlaydi. Keyingi taqdiri badiiy va publitsistik ijod bilan bog’liq 
ekanini anglagan Asqad Muxtor 1938-yilda Samarqand dorilfununiga o’qishga 
kiradi. Urush yillari bu ilm dargohi O’rta Osiyo dorilfununiga qo’shiladi va Asqad 
Muxtor ham Toshkentda o’qishni davom ettiradi. 
333. Asqad Muxtor ijodi qachondan boshlangan? 
Asqad Muxtor badiiy ijodga juda yoshligidan qiziqdi. Uning “Tilak”, “Tong 
edi”, “Totli damlar” singari ilk she’riy asarlari 1935-1938-yillarda e’lon qilingan. 
Bu to’plamlardan joy olgan she’rlarida adabiyotdan juda ko’p narsani kutuvchi , 
unga butun umrini bag’ishlashga tayyor lirik qahramon qiyofasi gavdalangandi.
Ikkinchi jahon urushi yillari Asqad Muxtor poeziyasining asosiy mavzui, o’z- 
o’zidan, urush bilan bog’landi. Yosh ijodkorning kuchli pafosga yo’g’rilgan 
G’alaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tug’ishganlar qaytdi”, 
Sog’inish” singari o’nlab she’rlari urush davri o’zbek poeziyasi namunalari bo’lib 
qoldi. 
 
334. Asqad Muxtorning qanday she’riy to’plamlarini bilasiz? 
Asqad Muxtor she’riyati XX asrdagi o’zbek adabiyotining yorqin bir sahifasini 
tashkil qiladi. Shoirning asarlari chuqur poetik fikrlarga, ehtirosli tuyg’ularga, tiniq 
va jonli tasvirlarga boyligi bilan ham ahamiyatlidir. 
Asqad Muxtorning “Po’lat quyuvchi”(1947), ”Hamshaharlarim”(1949), 
”Rahmat, mehribonlarim”(1954), ”Chin yurakdan”, “Hayotga chaqiriq”(1956),
”Dunyo bolalari”, “99 miniatyura” (1962), “She’rlar” (1966), ”Karvon 
qo’ng’irog’i”, ”Quyosh belanchagi” (1971), “Charxpalak” (1976) ”Sizga aytar 
so’zim” (1978), “Qaysi asrdan gapirayapsiz” (1982), “Sirli nido” (1984), 
“Yillarim” (1990), “Tundaliklar” (1997) kabi she’riy to’plamlarda bu fazilatlar 
ochiq ko’rinadi. Shu bilan birga, mazkur kitoblar shoir mahorati asardan asarga 
o’sib, yuksalib borganini ham tasdiqlaydi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin