O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Asqad Muxtor qanday dramalar yozgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187
340. Asqad Muxtor qanday dramalar yozgan? 
Asqad Muxtor talantli dramaturg sifatida “Mardlik cho’qqisi”, ”Samandar”,
“Yaxshilikka yaxshilik”, “Zar qadri”, “Sahro tor”, “Yosh dovyuraklar”, “Mening 
o’g’lim” kabi sahna asarlarini yozgan. Bu sahna asarlarida turli zamonaviy 
mavzular aks ettirilib, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, har qanday 
qiyinchiliklardan qo’rqmaslik, ezgulikka intilish g’oyalari olg’a surilgan. 
341. Sofoklning “Shoh Edip “ tragediyasi kim tomonidan o’zbek tiliga tarjima 
qilingan ? 
O’zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor talantli shoir, nosir, dramaturg, 
publitsist bo’libgina qolmasdan, balki tarjimon hamdir. Yirik tarjimon sifatida 
“Shoh Edip” (Sofokl), “Al – Maarriy” (A. Isaakyan), A. Korneychuk, A. Safronov, 
F. Shiller va V. Shekspirning bir qator fojialarini, A. Pushkin, M. Lermontov, A. 
Blok, V. Mayakovskiy, K. Simonov lirik asarlarini hamda R. Tagor, P. Pavlenko, 
V. Vasilyevning ayrim qissalarini yuksak mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima 
qilgan. Shulardan Sofoklning “Shoh Edip” tragediyasi Asqad Muxtor tarjimonlik 
faoliyatining cho’qqisi sifatida baholangan. 
342. ”She’r odamning yashashi uchun, kurashishi, ulg’ayishi uchun zarur…” 
fikrlari qaysi allomaga tegishli? 
Asqad Muxtorning 40-50-yillari yozilgan ko’pgina she’rlari ham o’z 
vaqtida ijobiy baholangan edi. Ko’proq hukmron mafkuraga ma’qul keladigan 


jihatlari ko’klarga ko’tarilgan edi, ular chinakam go’zallikdan, poetik nafosatdan 
mahrum she’rlar edi.Yosh shoir izlanishda davom etadi va ko’p o’qish-o’rganishlar 
natijasida she’riyatni yangicha idrok qila boshlaydi.Yuqoridagi fikrlar muallifi ham 
Asqad Muxtor bo’lib, ular shoir qalbidan otilib chiqqan. Fikrning davomiga diqqat 
qilaylik: “She’r shoirlar tomonidan o’ylab chiqarilgan narsa emas. Har bir halol 
qalbning tubida hissiy boylik bor. Shoir ana shu hislar tug’yonini uyg’otadi, xolos. 
Hayotda poeziya naqadar mo’l bo’lsa, unda foydasiz bo’shliq shuncha kam 
bo’ladi”. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin