347. ”Ufq” (Said Ahmad) trilogiyasi qaysi romanlardan iborat?
Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi XX asr o’zbek adabiyotining jiddiy
yutug’idir. Asarda trilogiya janrining o’ziga xos g’oyaviy-badiiy xususiyatlari va
asosiy janriy belgilari yaqqol namoyon bo’lgan. “Ufq”ning birinchi kitobi - ” Qirq
besh kun” romanida xalqimizning XX asrning 30-yillarida Katta Farg’ona kanali
qurilishidagi qahramonona mehnati, qudratli xalq harakati yorqin aks ettirilgan.
Asarning ikkinchi kitobi “Hijron kunlarida” deb nomlangan. Unda xalqimizning
urush davridagi og’ir hayoti, kurashi, vatanparvarligi ehtiros bilan hikoya qilingan.
Trilogiyaning uchinchi kitobi ”Ufq bo’sag’asida” urushdan so’nggi dastlabki
yillardagi xarakterli voqealar, qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish harakati
tasvirlangan.
348. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasida qanday voqealar yaratilgan?
Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasida xalq hayotining turli qatlamlari teran yori-
tilgan. Azizxon, Ikromjon, Jannat xola, Rahmonberdi tog’a, Nizomjon, Asrora,
Dildor, Inoyat oqsoqol, Tursunboy singari xilma-xil obrazlar yaratilgan. Asarda
bunday to’qima obrazlar bilan bir qatorda, xalqimizning asl farzandlari: Usmon
Yusupov, Yo’ldosh Oxunboboyev, G’afur G’ulom kabi tarixiy shaxs obrazlari ham
berilgan.“Ufq”dagi qahramonlardan Ikromjon va Azizxon obrazlari har tomonlama
mukammal va jonli qilib tasvirlangan. Adib Azizxon obrazi orqali Katta Farg’ona
kanali qurilishi jarayonida, qirq besh kun davomida sodir bo’lgan quvonchli va
unutilmas voqea-hodisalarni, xalqning haqiqatan buyuk bunyodkor ekanini
umumlashtirib tasvirlab bergan.
349. Sobiq turg’unlik deb atalgan davr illatlarinin fosh qilishga bag’ishlab
Said Ahmad qanday asar yozgan?
Said Ahmad 1988 –yilda “Jimjitlik” romanini yozdi. Bu romanda 80-
yillarning birinchi yarmidagi hayot haqiqati Mirvali Rixsiyev direktorlik
qilayotgan qishloq misolida ochib berilgan. Adib qishloq hayotini respublika
hayoti, xalqimizning kundalik turmushi, mehnati, dardi, muammolari, orzu-
istaklari zamirida aks ettirgan. Yozuvchi yuzaki qaraganda bir me’yorda, sokinlik
va jimjitlik bilan o’z yo’lidan beozor taraqqiy etib borayotganday tuyuluvchi
hayotimizdagi har xil illatlarni, keskin ziddiyatlarni, alg’ov-dalg’ovliklarni dadillik
bilan ko’rsatgan. Romanning nomi ham kinoyaviydir. Romanda Tolibjon: “Bu
joylarga jimjitlik qidirib keldim” desa, Mirvali: “Jimjitlikni odamzod o’lganda
topadi. Go’rga kirganda”, deydi. Yozuvchining o’zi esa “… notinch XX asrda
jimjitlik qidirish telbalik”dir degan xulosani asar to’qimasiga singdirib yuboradi.
57
Dostları ilə paylaş: |