O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Asqad Muxtorning qanday qissalarini bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   187
335. Asqad Muxtorning qanday qissalarini bilasiz? 
Asqad Muxtorning nasri ham serma’no va serjilodir. Adib 40-yillar o’rtalaridan 
boshlab nasrda ham muntazam suratda ijod qila boshladi. Asqad Muxtor qator 
ocherk va hikoyalardan tashqari “Daryolar tutashgan joyda”(1950),”Qoraqalpoq 


qissasi”(1958), ” Bo’ronlarda bordek halovat”(1975), “Buxoroning jinko’chalari” 
(1980), ”Jar yoqasidagi chaqmoq”(1982), “Manba”(1986),”Kumush tola”(1987), 
”Insonga qulluq qiladurman”(1994) kabi qissalarni ham yozdi. Bu qissalarning 
mavzusi xilma-xildir. 
336. Asqad Muxtorning qanday romanlarini bilasiz? 
Asqad Muxtor qissalaridagi ko’p fazilatlar adibning “Opa-singillar” (1955), 
”Tug’ilish” (1960), “Davr mening taqdirimda” (1964), ”Chinor” (1969), ”Amu” 
(1985) kabi romanlariga ham tegishlidir. Bu romanlarda ham hayot haqiqati ko’p 
hollarda bevosita obrazli tarzda tadqiq etilgan. 
Yozuvchining barcha romanlari adabiyotimiz xazinasidan mustahkam o’rin ola 
bildi. Adabiy tanqidchilik ham o’z vaqtida Asqad Muxtor romanlariga tegishli 
bahosini berdi. 
337. “Chinor” romanining o’zbek nasri taraqqiyotidagi o’rni haqida nimalar 
bilasiz? 
“Chinor” romani 1969-yilda yozilgan bo’lib, urushdan keyingi o’zbek nasri 
taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi. Roman sharq adabiy an’analarini eslatadi. 
Asar sujeti va kompozitsiyasini yaratishda Asqad Muxtor mumtoz adabiyotimizda 
mavjud bo’lgan qoliplash usulidan samarali foydalangan. Roman besh qissa, besh 
hikoyat va besh rivoyatdan tashkil topgan. Qissalarda hozirgi zamon voqealari 
tasvirlanadi. Hikoyalarda bu voqealarning teran ildizlari – yaqin o’tmish voqea-
hodisalari haqida bahs yuritiladi. Rivoyatlar qadim afsonalarga borib taqaladi.
Romandagi barcha qissa, hikoyatu rivoyatlar mantiq jihatidan bir markazga
kelib birlashadi va bir butunlikni hosil qiladi. Ana shuning uchun ham ularni ulkan 
bir chinorning teran tomirlariga qiyos etish mumkin. Romanning asosiy g’oyasi 
chinor haqidagi ilk rivoyatdayoq aks etgan. Keyinchalik bubosh g’oya rivoyatdan
hikoyatga, hikoyatdan qissaga o’tib rivojlanib va chuqurlashib borgan. Yozuvchi 
Ochilbobo, Orif, Azimjon, Komila, Matniyoz, Abdulahad qori, Said kabi turli xil 
obrazlar yaratib, hayot haqiqatini keng ko’lamda tasvirlagan.
Roman o’zbek adab adabiyotining rivojlanishiga, badiiy tafakkurimizning 
o’sishiga katta hissa qo’shdi. Shuning uchun bu roman 1973-yilda Hamza 
nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin