358. Qaysi adabiyotshunos olim Said Ahmad hikoyalarini Oybek, G’afur G’ulom va Abdulla Qahhor asarlariga qiyoslagan holda fikr bildirgan? Said Ahmad ijodi urushdan so’ng, ayniqsa, 60-yillarda o’zining yuqori
taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi.Shu davrda yaratilgan “Turnalar”, “Onajonlar”,
”Ko’klam taronalari”, “Xazina”, “To’lqinlar”, “Cho’l burguti”, “O’rik domla”,
“Lochin”, “Odam va bo’ron”, “To’yboshi” kabi hikoyalar Said Ahmadning so’zga
xasis, fikrga boy, yumorga kuchli yozuvchi bo’lib yetishganligidan, A. Qodiriy,
G’.G’ulom,Oybek, A. Qahhor an’analarini muvaffaqiyat bilan davom ettirayotgan-
ligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham professor Laziz Qayumov ”Said Ahmad hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G’afur G’ulomning yumori, Abdulla Qahhorning bayondagi lakonizmi mujassam” 58 , - deb ta’kidlagan.
Said Ahmadning o’zi ham “Aslida meni hajv yo’liga G’afur G’ulom boshlab kirgan…”- deya e’tirof etgan. 359. Said Ahmadning qaysi hikoyasida xushomadgo’y, laganbardor kimsa obrazi berilgan? Said Ahmadning “ Qoplon” hikoyasi satirik asarning yaxshi namunasi
bo’lib, kishilardagi xushomadgo’ylik, laganbardorlik, o’z manfaati yo’lida hech
qanday andisha-mulohazaga bormay surbetlarcha ish tutishi, odamlarni mansab
kursisiga qarab munosabat ko’rsatishi kabi yaramas illatlar tanqidiga qaratilgan.
Hikoyadagi Qurbonboy obrazi misolida yozuvchi o’zini hali tanimagan rahbarlar
pinjiga kirishning nozik yo’llarini topib olgan, hech bir uyat-andishasiz o’zining
laganbardorligini oshkora ko’rsatib, xo’jayinining polini yuvib, gilamini ham
qoqib berishdan orlanmaydigan, vaqti kelganda shartta yangi boshliqqa xizmat
qilib ketaveradigan oriyatsiz, ablah bir shaxs qiyofasini ko’rsatib bergan. Yozuvchi
hikoya orqali bunday buqalamun, ablah kimsalarning jamiyatda, insonlar orasida
bo’lmasligi, ularni tag-tomiri bilan yo’qotish kerak degan g’oyani ilgari suradi.
Yozuvchi satirik hikoyasida shaxsdagi illatlarni qoralagan.