O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Said Ahmadning qaysi hikoyalarida xalqimizga xos milliy xususiyatlar



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   187
363. Said Ahmadning qaysi hikoyalarida xalqimizga xos milliy xususiyatlar, 
urf-odatlar va ezgu an’analar tasviri singdirib yuborilgan? 
Said Ahmad hikoyalarida hayot nafasi ufurib turgani uchun ham ular zavq-
shavq bilan o’qiladi. Xalqimizga xos milliy xususiyatlar, urf-odatlar ezgu an’ana 
lar tasviri tabiiy ravishda asarlar sujetiga singdirib yuboriladi. “Odam va bo’ron”, 
“Quda va qudag’aylar”, ”Sumbul”, ”Laylak keldi”, ”Yalpiz hidi”, ”Onajonlar”, 
“Xotinlar”, ”Oriyat” kabi hikoyalarida bu hol ochiq ko’rinadi. Bu hikoyalarda 
xalqimizga xos so’z o’yinlari, askiya va mubolag’alar ko’zga tez-tez tashlanib 
turadi. 
364. Said Ahmadning birinchi yirik nasriy asari qaysi? 
Said Ahmadning birinchi yirik nasriy asari “Qadrdon dalalar” bo’lib, 1949-
yilda yozilgan. Bu qissada yozuvchi hayotni kengroq va chuqurroq aks ettirgan. 
Qissaning bosh qahramoni – bir oyog’i nogiron, urushdan qahramon bo’lib 
qaytgan Po’latjon. U jamoa xo’jaligi firqa tashkiloti kotibi va qurilayotgan elektr 
stansiya boshlig’i sifatida yeng shimarib ishga kirishib ketadi. Barcha ishlarda 
muvaffaqiyat qozonadi, shu bilan birga muhabbat bobida ham tahsinga loyiq. U 
Nazokatni sevadi. 
Qisqasi, Said Ahmad qalamiga xos inson qalbi torlarini mayin va nazokat bilan, 
o’rniga qarab, goh sho’x, goh nolavor pardalarda cherta olish hamda bu ohanglarni 
tasvirlash mahoratiga “Qadrdon dalalar” qissasining ko’p joylarida duch kelamiz. 
365. Qaysi yozuvchi :”Ufq” qochoq haqidagi roman emas, aksincha, 
qochoqni bag’riga sig’dira olmagan xalq haqidagi asardir”-degan? 


 
“Ufq” romanida xalqimizning olijanob milliy xususiyatlari va o’ziga xos 
milliy xarakteri yorqin aks etgan. Ana shuning uchun ham mashhur yozuvchi 
Abdulla Qahhor asarga yuqori baho bergan. Tanqidchi Ibrohim G’afurov esa haqli 
ravishda “Ufq” trilogiyasida o’zbek milliy prozasi tasvir usullari sintezlashdi. Chu- 
qur lirizm bilan sug’orilgan bu asar epik tasvir bilan zamonaviy ilg’or psixologik 
tahlilning birlashgan namunalarini beradi”, - deb yozgan edi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin