O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Odil Yoqubovning qaysi romanlarini faqat adib ijodida emas, balki



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   187
388. Odil Yoqubovning qaysi romanlarini faqat adib ijodida emas, balki 
o’zbek romanchiligi rivojida ham muhim bir bosqich sifatida e’tirof etiladi? 
Odil Yoqubovning 70-80-yillari yaratgan zamondoshlari haqidagi “Diyonat”, 
“Oqqushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili”, tarixiy mavzudagi “Ulug’bek 
xazinasi” va “Ko’hna dunyo” asarlari faqat adib ijodida emas, o’zbek romanchiligi 
rivojida ham yangi bir bosqichni tashkil etadi. Yozuvchi xoh zamondoshlari, xoh 


olis tarix haqida qalam tebratsin, har ikki holda ham avvalo davrning muhim 
romanbop gaplarni aytadi, ko’pchilikni hayajonga solayotgan katta ijtimoiy 
muammolarga e’tibor tortadi, keskin dramatik xarakterlar yaratadi. Eng muhimi,
romannavis ayni mustabid tuzum mafkurasi va psixologiyasi keng yoyilgan 
kezlarda shu mafkuraga zid borib, bu tuzum aqidalarining zararli oqibatlarini 
jasorat va rostgo’ylik bilan ko’rsatadi. 
389. Odil Yoqubovning ”Er boshiga ish tushsa…” romani qachon yozilgan? 
Romanning bosh qahramoni kimlar, asarda qanday voqealar tasvirlangan? 
“Er boshiga ish tushsa…” romani 1966-yilda yozilgan. Bu asar yozuvchining 
urush yillari o’zi shohid bo’lgan hodisalar, bolalik taassurotlari asosida bitilgan. 
Romanning bosh qahramonlari uch bahodir – Mashrab, Qo’chqor va Akmal -18 ga 
ham yetmagan o’spirinlar. Er boshiga ish tushgan og’ir urush yillarida ular juda 
erta fuqaro sifatida shakllanadilar, zamon tashvishlarini o’z zimmalariga oladilar, 
kattalar kabi jamoat ishlarida faol qatnashadilar, qalloblik, nopoklikka qarshi 
mardona kurash olib boradilar. Yozuvchi yosh qahramonlarning musaffo qalbini
ilk ishqiy kechinmalarini, mehnatdagi shijoatini, ”eshak karvonlar”da qozoq 
o’tovidan urug’lik don keltirishdagi jonbozliklarini, Ertoyev, Chavandoz singari 
qalloblarga nisbatan nafratini ehtiros bilan ifoda etadi. Asarning asosiy qahramon-
lari romantik kayfiyatli yoshlar bo’lganidan tasvir ham shunga mos ravishda
jo’shqin lirik-publitsistik ohang bilan yo’g’rilgan. Romanda yozuvchi uslubining 
muayyan jihati – hodisalarni romantik ehtiros bilan ifodalash yorqin namoyon 
bo’ldi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin