O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 ”Namangan tomonlarda”,”Qishloqdagi fojia” kabi publitsistik maqolalar



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   187
375. ”Namangan tomonlarda”,”Qishloqdagi fojia” kabi publitsistik maqolalar 
qaysi ijodkorga tegishli?
 O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov o’zining faol ijtimoiy ishlari, 
jurnalistika va badiiy ijod sohasidagi faoliyati bilan respublikamizda hozirgi 
adabiy-badiiy tafakkur rivojiga kuchli ta’sir ko’rsatgan adibdir. ”Namangan 
tomonlarda”,”Qishloqdagi fojia” kabi publitsistik maqolalar sevimli adibimiz 
tomonidan yozilgan. 
 
376. Sharqda Kvantun armiyasini tor-mor etishda qatnashib, 1950-yilda 
harbiy xizmatdan qaytgan adib kim?


Odil Yoqubov urushning oxirgi yili o’zi tug’ilib o’sgan qishlog’i Qarnoqdan 
qirq nafar tengdoshlari qatorida harbiy xizmatga jo’naydi. Ikkinchi jahon 
urushida qatnashish uchun, 1945-yilda frontga ketgan,Yaponiyaga qarshi olib 
borilgan harakatlarda qatnashish uchun bepoyon Gobi sahrosini yayov kezib 
chiqadi, Uzoq Sharqda Kvantun armiyasini tor-mor etishda qatnashadi. 1950-yili 
harbiy xizmatdan qaytib keladi. 
377. Odil Yoqubov adabiyotimizga qaysi asari bilan kirib keldi? 
Odil Yoqubov adabiyotimizga o’z zamondoshlari kuychisi sifatida kirib keldi, 
asarlarida o’z davrining ijtimoiy-ma’naviy masalalarini ko’tardi. Odil Yoqubov 
harbiy xizmatda ekanidayoq ko’p ijodiy mashqlar qilgan.1951-yilda yozgan 
“Tengdoshlar” qissasi bilan yozuvchi adabiyotimiz maydoniga kirib keldi. Bu 
vaqtda u talaba edi. 
378. Odil Yoqubovning ”Muzqaymoq” asari qaysi janrga xos va unda 
qanday voqealar qalamga olingan? 
 
Odil Yoqubovning “Muzqaymoq” asari hikoya janriga xos. Unda Stalin 
davri qatag’oni fojiasi yoritilgan.Hikoya bola (Odil) tomonidan bayon qilingan. 
Yozuvchi hikoya orqali mustaqillikning qadriga yetish, o’shanday yovuzliklar 
bo’lmasligi uchun kurashish, mehr-oqibat, adolat, g’oyalariga erishish fikrini il-
gari suradi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin