399. Adib Odil Yoqubovning “Diyonat” romanidagi halol, pok, insofli va diyonatli inson kim? O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Diyonat” romanidagi halol,
pok, insofli va diyonatli inson domla Normurod Shomurodovdir. Romanda
tasvirlanishicha, o’z umrini ilm-fanga bag’ishlagan ulkan olim Normurod
Shomurodov uzoq yillar oily o’quv yurtida mehnat qiladi. U o’zining adolatli,
halol, to’g’ri so’zligi bilan ko’pchilikning hurmatiga sazovor bo’ladi. Keksayib,
nafaqaga chiqqanda, yolg’iz o’g’li va ayolidan ajralgan professor tug’ilgan
qishlog’iga ko’chib keladi.Lekin u yerdagi adolatsizliklarni, xususan, jiyani rais
Otaqo’zi Umarovning xatti-harakatlarini ko’rib, qattiq ranjiydi hamda iztirob
chekadi. Shu bilan birga, Otaqo’zini insofga, adolatga chaqirib, uning fe’l-
atrofidagi qusur’larni dangal ochib tashlaydi. Bu haqda yozuvchi Odil Yoqubov:
“… men hayotda faqat Otaqo’zi kabi nohalol kimsalarnigina emas, Normurod Shomurodovga o’xshagan nihoyatda pok, halol, insofli, diyonatli, yurt koriga yaraydigan insonlarni ham ko’p uchratgandim”, – deb alohida ta’kidlagan.
400. Odil Yoqubovning “Diyonat” romanidagi Otaqo’zi kim? Rahbar xodim, rais. Unda savod, bilim, did, madaniyat ham yetarli. Fikr,
manfaat doirasi xiyla keng. Bora-bora turg’unlik muhitida o’jar, mag’rur,
shafqatsiz, toshbag’ir kimsaga aylanadi. Otaqo’zidagi salbiy xususiyatlar tobora
kuchayib, tabiatidagi yaxshi fazilatlarni soyada qoldira boshlaydi.Qo’shnisi Nodira
ga, o’g’li Haydarga, bo’lajak kelini Latofatga, qudasi Fazilatga, halol, adolatparvar
tog’asi Normurod domlaga qarshi adolatsizlik va shafqatsizliklari, jinoiy ishlarni
bosdi-bosdi etish yo’lidagi xatti-harakatlari bu odam inqirozidan dalolatdir.
401. Yozuvchi Odil Yoqubovning Otaqo’zi obrazini yaratishdan maqsadi nima edi? Odil Yoqubov bu obraz orqali turmushda “katta ishlar qildim”, degan
bahonada odamlarning boshiga chiqib olgan, qonunchilikni oyoqosti qilishdan
toymagan ulkan xo’jalik rahbari obrazini yaratish, uning parvozi va tanazzulini
ko’rsatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. “Men hayotda ko’p adolatsizliklarga sabab bo’lgan bunday rahbarlarhaqidagi o’ylarim va ko’rgan-kechirganlarimni romandagi Otaqo’zi obrazida mujassamlashtirishga harakat qildim”,– deb yozadi
muallif.