XX asrning ikkinchi yarmidagi o’zbek adabiyoti taraqqiyotini O’zbekiston xalq
yozuvchisi Pirimqul Qodirovsiz tasavvur etish qiyin. P. Qodirov avvalo mohir
yozuvchi – zamondoshlari haqidagi “Uch ildiz”, “Qora ko’zlar”, “Olmos kamar”,
“Erk”, “Meros”, “Jon shirin” kabi asarlari, ko’plab publitsistik maqolalari, tarixiy
mavzudagi “Yulduzli tunlar” (“Bobur”),“Avlodlar dovoni” (“Humoyun va Akbar”)
romanlari bilan xalqimiz hurmat-e’tiborini qozondi. Adib L. Tolstoy, A. Chexov,
K. Fedin, X. Deryayev, Tollis ijodidan tarjimalar qildi. Adabiyotshunos olim
sifatida ilmiy tadqiqotlar – “Dil va til”, “Xalq tili va realistik proza” nomdagi
risolalarni yaratdi.
Dostları ilə paylaş: