berilgan?
Bobur asarda haqiqiy inson sifatida jonlanadi. Yozuvchi uning insoniy
fazilatlarini onasi Qutlug’Nigorxonim, opasi Xonzodabegim, suyukli xotini
Mohimbegim va farzandi Humoyunga bo’lgan mehr-muhabbati misolida yaqqol
ochib bergan. Bobur kitobxon ko’z o’ngida pok qalbli oqil inson sifatida gavdala-
nadi. “Humoyun, jigarim, - deydi Bobur og’ir kasal bo’lib yotgan o’g’liga qarab, -
sening betoqatligingga men toqat keltiray! Sening shu og’ir dardingni sendan olib
menga bersin”.
434. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur o’zining xotin-qizlarga bo’lgan
munosabatini ajoyib me’mor Fazliddinga qanday bayon etadi?
Bobur xotin-qizlarga bo’lgan munosabatini ajoyib me’mor Fazliddinga
shunday bayon etadi: ”Men…Samarqanddagi Bibixonim madrasasidek ulug’ bir
madrasaning tarxini sizga chizdirmoqchi edim. Opa-singillarimizning qadrini
boshimizga ko’tarsak arzigay…”
435. “Yulduzli tunlar” romanida Boburning andijonlik navkar yigiti kim ?
Boburning andijonlik navkar yigiti Tohir bo’lib, unga doim samimiy
munosabatda bo’lgan. Yozuvchi shu samimiylikni tasvirlash orqali uning ulug’
inson hamda buyuk orzularini, yirik davlat tuzishga va mamlakatni obod qilishga
astoydil harakat etgan, adabiyot va san’at rivojiga katta hissa qo’shgan hukmdor
ekanligini ochib bergan.
436. “Yulduzli tunlar”asar qanday yakun topgan?
Asarda fojiali voqealar, ziddiyatlar, iztiroblar, angu jadallar tasviri asosiy
o’rinni egallagan va roman sujeti bosh qahramon – buyuk inson Boburning vafotini
aks ettirish bilan tugagan bo’lsa-da,unda hayotbaxsh ruh balqib turadi.Romanda
podshoh Bobur o’lgan bo’lsa-da,buyuk shoir Bobur o’lmagan, uning hayoti u
yaratgan dilbar asarlarda mangu davom etmoqda, degan katta va muhim g’oya
yorqin aks ettirilgan…
Dostları ilə paylaş: |