O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Erkin Vohidov o’zining ustozi deya e’tirof etgan shor kim?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   187
441. Erkin Vohidov o’zining ustozi deya e’tirof etgan shor kim? 
” Men uni ustoz deyman. Meni ilk bor she’riyatning sehrli gulbog’iga g’oyi-
bona yetaklagan, xanda urib oqqan misralari yosh qalbimga shaloladay quyilgan 
menga baxt va shodlikni kuylash san’atini o’rgatgan shoir shu ustozdir”, – deb
Erkin Vohidov baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjonni e’tirof etgan. 
442. Erkin Vohidovning ilk kitobi qanday atalgan?
O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hozirgi o’zbek adabiyotining yirik 
vakillaridan biridir. San’atkorimiz publitsist, dramaturg, dostonnavis, tarjimon 
sifatida barakali ijod qilgan bo’lsa-da, avvalo lirik shoir sifatida adabiyotga kirib 
kelgan, xalqimiz qalbidan ham nafis, ham dolg’ali, ham isyonkor she’rlari bilan 
chuqur joy olgan. Shoirning birinchi she’rlar kitobi “Tong nafasi” nomida 1961-
yilda nashr etilgan. 


443. Erkin Vohidovning qaysi kitobi aruzda yozilgan? 
Erkin Vohidov dastlab hayot, go’zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi sifatida 
maydonga chiqdi. Taqdir in’om etgan hayot, saodat, yoshlik, muhabbat sururini 
hamda hayotdan rizolikni to’lib-toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar, uning 
shonli tarixi, qo’lga kiritgan g’alabalari to’g’risida faxr-iftixorga to’la satrlar bitdi.  
50-yillar oxiri 60-yillarga kelib inson shaxsiga hurmat, qalbiga e’tibor oshdi, 
kishining xilma-xil kechinmalari, ayniqsa, an’anaviy sevgi taronalari kuylash 
uchun yo’l ochildi. Bu hol an’anaviy she’riy shakl – g’azalning jonlanishiga 
(g’azallarning aruz vaznida yozilishini yaxshi bilamiz) olib keldi. Tabiiyki, bu 
jarayon o’sha kezlari osonlikcha, silliq kechgani yo’q. Ba’zi munaqqidlar ishqiy 
kechinmalarni kuylash, ko’hna she’riy shakl – aruzga murojaat qilishni zamondan 
uzoqlashish deb atadilar. Erkin Vohidov “Yoshlik devoni”(1969) kitobining 
“Debocha”sida shunday qarashlar bilan bahsga kirishadi: 
Istadim sayr aylamoqni 
 
 
 
 
Men g’azal bo’stonida. 
 
 
Kulmangiz, ne bor senga deb 
 
 
 
 
Mir Alisher yonida. 
 
 
She’riyat dunyosi keng, 
 
 
 
 
Gulzori ko’p, bo’stoni ko’p, 
 
 
Har ko’ngil arzini aytur
 
 
 
 
Neki bor imkonida. 
 
 
Ey, munaqqid, sen g’azalni 
 
 
 
 
Ko’hna deb kamsitmagil, 
 
 
Sevgi ham Odam Atodin 
 
 
 
 
Qolgan inson qonida. 
Shu tariqa shoir inson qonidagi azaliy, tabiiy tuyg’u – sevgini va necha 
asrlar sevgini kuylagan qadimiy g’azal shaklini himoya qiladi. She’rda g’azal 
shunchaki she’riy shakl ma’nosida emas, muhabbat, boqiy insoniy tuyg’ular ramzi 
tarzida ham qo’llangan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin