O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   187
berilgan? 
 
Bobur asarda haqiqiy inson sifatida jonlanadi. Yozuvchi uning insoniy 
fazilatlarini onasi Qutlug’Nigorxonim, opasi Xonzodabegim, suyukli xotini 
Mohimbegim va farzandi Humoyunga bo’lgan mehr-muhabbati misolida yaqqol 
ochib bergan. Bobur kitobxon ko’z o’ngida pok qalbli oqil inson sifatida gavdala-
nadi. “Humoyun, jigarim, - deydi Bobur og’ir kasal bo’lib yotgan o’g’liga qarab, - 
sening betoqatligingga men toqat keltiray! Sening shu og’ir dardingni sendan olib 
menga bersin”. 
434. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur o’zining xotin-qizlarga bo’lgan 
munosabatini ajoyib me’mor Fazliddinga qanday bayon etadi?
Bobur xotin-qizlarga bo’lgan munosabatini ajoyib me’mor Fazliddinga 
shunday bayon etadi: ”Men…Samarqanddagi Bibixonim madrasasidek ulug’ bir 
madrasaning tarxini sizga chizdirmoqchi edim. Opa-singillarimizning qadrini 
boshimizga ko’tarsak arzigay…”
 
435. “Yulduzli tunlar” romanida Boburning andijonlik navkar yigiti kim ? 
Boburning andijonlik navkar yigiti Tohir bo’lib, unga doim samimiy 
munosabatda bo’lgan. Yozuvchi shu samimiylikni tasvirlash orqali uning ulug’ 
inson hamda buyuk orzularini, yirik davlat tuzishga va mamlakatni obod qilishga 
astoydil harakat etgan, adabiyot va san’at rivojiga katta hissa qo’shgan hukmdor 
ekanligini ochib bergan. 
436. “Yulduzli tunlar”asar qanday yakun topgan? 
Asarda fojiali voqealar, ziddiyatlar, iztiroblar, angu jadallar tasviri asosiy 
o’rinni egallagan va roman sujeti bosh qahramon – buyuk inson Boburning vafotini 
aks ettirish bilan tugagan bo’lsa-da,unda hayotbaxsh ruh balqib turadi.Romanda 
podshoh Bobur o’lgan bo’lsa-da,buyuk shoir Bobur o’lmagan, uning hayoti u 
yaratgan dilbar asarlarda mangu davom etmoqda, degan katta va muhim g’oya 
yorqin aks ettirilgan… 
 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin