O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Erkin Vohidovga dostonchilikda shuhrat keltirgan asarlari qaysilar?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   187
444. Erkin Vohidovga dostonchilikda shuhrat keltirgan asarlari qaysilar? 
Erkin Vohidov “Nido”, “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozilgan doston”, 
“Buyuk hayot tongi”, “Charog’bon”, “Toshkent sadsosi”, “Quyosh maskani”, 
“Ko’hi nur”,”Ruhlar isyoni” hamda “Istanbul fojiasi” kabi ko’plab dostonlarni 
yozdi. Ularning mavzu-mundarijasi, saviyasi turlicha. “Toshkent sadosi” bilan 
“Quyosh maskani” qasida, madhiya, faxriya ruhida bitilgan; “Buyuk hayot tongi” 
va “Charog’bon” mustabid tuzum davrida urfga aylangan ayrim shaxslar timsolini 
ulug’lashga qaratilgan…
Shoirga dostonchilikda shuhrat keltirgan asarlari “Nido”, “Ruhlar isyoni”, 
hamda “Istanbul fojiasi” bo’ldi. 
445. Erkin Vohidovning “Nido” dostoni haqida nimalar bilasiz? 


Erkin Vohidov “Nido” dostonini 1964-yilda yozgan. Doston urush 
mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, bosh qahramoni yigirma yashar yigit, u hayot-
mamot urushi-dan so’ng voyaga yetgan yangi avlodning umumlashma obrazidir. 
Asar ana shu lirik qahramonning o’tli hayqirig’i bilan boshlanadi: 
Hayqiraman, 
 
 
 
Tog’lar bag’ridan 
 
 
 
Gumburlagan sado keladi, 
 
 
 
Ona-Yerning otash qa’ridan 
 
 
 
“O’g’lim!” degan nido keladi. 
 
 
 
“O’g’lim!” 
 
 
 
Vujudimni chulg’ar alanga, 
 
 
 
Bo’g’zimga tiqilar hayajon.
- Mana men, o’g’lingiz, 
 
 
 
Dardli olamga 
 
 
 
Sizdan tanho yodgor, 
 
 
 
So’ylang, otajon!.. 
Shoirning otasi Cho’yan Vohidov urush qurboni edi. Asarni shoir otasiga 
bag’ishlagan.Dostonda shaxsiy yo’nalish ijtimoiy ohang bilan tutashib ketgan, 
birgina shaxsning tuyg’u va o’ylari ko’pchilikning kechinmalari darajasiga borib 
yetadi. Doston birgina lirik qahramonning, urush tufayli otadan yetim qolgan 
o’g’lonning emas, urush jabrini chekkan million-million kishilar qalbining nidosi, 
urushga nafrati, minnatdor avlodlarning og’ir jangda halok bo’lganlar xotirasi 
oldidagi qasamyodi kabi jaranglaydi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin