O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni haqida nimalar bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   187
448. Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni haqida nimalar bilasiz? 
 
“Ruhlar isyoni” dostoni 1980-yilda yozilgan bo’lib, shoirning o’sha paytga 
qadar bosib o’tgan ijodiy yo’lining eng baland cho’qqisi, o’ttiz yillik ijodiy 
izlanishlarining yakuni, dostonchilikdagi tajribalarining gultojidir. Bu qahramonlik 
dostonida shoir asrimiz boshlarida chaqmoqdek yaraqlab, she’riyatda o’chmas iz 
qoldirgan, isyonkor she’rlari bilan butun Hindiston yarimorolini larzaga solgan, 
hayotini el-yurt erki, baxti yo’liga fido etgan otashin Bengal shoiri Nazrul Islom 
jasoratini ulug’laydi.  
Otashin Bengal shoiri Nazrul Islomning qahramonona va fojiali taqdiri 
ko’pdan meni hayajonga solib kelar, u haqda biron narsa yozish xayolida 
yurardim”, – deydi muallif. Shu maqsadda Erkin Vohidov shoir hayoti va ijodini 
astoydil o’rgandi, shoir hayotiga oid faktlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 
Hindistonga bordi, shoir yashagan joylarda bo’ldi, shoirni shaxsan tanigan, bilgan 
kishilar bilan suhbat qurdi.
Doston fojeiy bo’lsa-da, unda qahramonlik va falsafiylik kuchli. Muallif 
isyonkor shoir kurashi, jasorati qanchalar qimmatga tushganini, shoir bilan davr va 
xalq orasidagi murakkab, ziddiyatli munosabatlarni, shoir qalbidagi orzu, alam-
iztiroblarnibutun keskinligi bilan ko’rsatadi. Shoir Nazrul Islom jasorati, fojeiy 
qismati bahonasida shoirning, umuman, ijodkorning hayotdagi o’rni, fuqarolik 
burchi, qolaversa, insoniylik, fidoyilik, erkka tashnalik, ijtimoiy va ma’naviy 
hayotning boshqa muammolari ustida o’ylarga toladi. 
449. Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonining “G’alayon” bobi nima 
haqda bahs yuritadi? 
 
Erkin Vohidov dostonning “G’alayon” bobida 1926-yili Kalkuttada bo’lib 
o’tgan fojeiy voqea – jaholat, diniy adovat oqibati o’laroq kelib chiqqan qonli 
to’qnashuvlar bahonasida shoir – qahramon qalbi orqali buni yorqin va ta’sirchan 
ifoda etadi. Shu o’rinlarda Nazrul Islom faqat qaynoq qalbi, otashin so’zlari 
bilangina emas, amaliy faoliyati bilan ham faol kurashchi, jasur jangchi sifatida 
ko’rinadi, jaholatda qolgan elning ko’zini ochish, o’zaro nizolarga barham berish 


yo’lida jonbozlik ko’rsatadi. Ming afsus, xuddi o’sha olomonni ko’r-u kar qilib 
qo’ygan, g’aflat bandasiga aylantirgan jaholat tufayli shoir tuhmatga, ta’qibga 
uchraydi. Nazrul Islomni g’alayonning aybdori deb ataydilar, el uchun jon tikkan 
shoir el dushmaniga aylanadi, hibsga olinadi, eng dahshatlisi, o’zi totuvlikka 
undagan hindu bilan musulmon ikki yonda uni ta’qib etib boradi… 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin