O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Erkin Vohidovning “Nido” dostonida urushning oddiy bir qishloq



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   187
446. Erkin Vohidovning “Nido” dostonida urushning oddiy bir qishloq 
boshiga solgan fojialari qanday tasvirlangan? 
 
Bola o’sgan qishloqdan qishloqdan to’p-to’p odamlar jangga otlanadi. Yosh-
gina bolakay hali urush nima ekanligini to’liq tasavvur qila olmaydi. Biroq ko’p 
o’tmay bolakay ko’cha changitib yurgan olis, sokin qishloqda ham urush o’z fojiali 
qiyofasini namoyon eta boshlaydi: 
Rustamning akasi urushdan qaytdi, 
 
 
 
Qo’ltiqtayog’i bor, 
 
 
 
Bir oyog’i yo’q. 
 
 
 
Rustam aytib berdi: 
 
 
 
Ataka payti 
 
 
 
Tizzasidan olib ketgan emish o’q… 
Yoki urushning ana shu qishloq boshiga solgan yana bir dahshati:
Xol aka qaytganda uyga to’satdan, 
 
 
 
O’g’li, dadajon, deb chopib kelibdi. 
 
 
 
Ota quchay desa qo’li yo’q ekan, 
 
 
 
Tik turgan joyida yig’layveribdi. 
 


447. Erkin Vohidovning “Nido”doston orqali aytmoqchi bo’lgan asosiy 
maqsadi nima deb o’ylaysiz? 
 
Dostonda tinchlik uchun kurashib jon berganlar nidosi, ularning ortida 
qolgan farzandlar, onalar, chol-u kampirlar nidosi umumlashib davr nidosiga – 
tinchlik uchun kurash nidosiga aylanib ketadi:
Asrdosh birodar, qo’lni ber, 
 
 
 
Kel, Yerga qilaylik qasamyod: 
 
 
 
Bo’lurmiz gal kelsa har birimizga 
 
 
 
Tinchlik janggohining fidosi. 
 
 
 
Bu senga, bu menga, bu bizga 
 
 
 
Yigirmanchi asr nidosi. 
 
Demak, tinchlik uchun, insoniyatning baxtli kelajagi uchun kurash nidosi 
XXI asrda ham, undan keyin ham, to Yer yuzida abadiy tinchlik o’rnatilgunga 
qadar har bir insonning qalbida jaranglab turmog’i kerak. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin