452. Erkin Vohidovning qaysi asarida vatangadolik fojiasi ochib berilgan?
Erkin Vohidov ijodida “Istanbul fojiasi”(1985) she’riy dramasi muhim o’rin
tutadi. Asarda poklik bilan nopoklik, to’g’rilik bilan egrilik, halollik bilan xarom-
xarishlik, samimiylik bilan soxtalik o’rtasidagi keskin kurash yorqin ifoda etilgan.
Asar sujeti hayotiy va qiziqarli ziddiyat asosiga qurilgan hamda g’oyat jozibali,
ta’sirli qilib yaratilgan. “Istanbul fojiasi” dramasida asosan uch obraz: rais Jalol,
uning xotini Saodat va ukasi Iskandar mavjud. Bu obrazlarning uchovi ham hayot
haqiqatiga mos ravishda ko’rsatilgan va asar g’oyasi ana shu obrazlarning xatti-
harakatlariga, dialog va monologlariga mohirlik bilan singdirib yuborilgan.
Dramada vatangadolik fojiasi ham ochib tashlangan. Iskandar chet elda akasi
Jalolni uchratgach, birinchi navbatda: “Ona yurtdan bir kaft tuproq keltirdingmi?”
– deb so’raydi. Jalol esa: “U tuproqda bitgan mayiz bor ”, – deya unga mayiz
beradi. Iskandar: “… qani endi nasib bo’lib bag’ringda o’lsam, bu dunyodan
armonsiz ketardim. Go’yo ona quchog’ida uxlagan boladek, tuprog’ingda
erkalanib yotgan bo’lardim”, – deya nola qiladi, faryod chekadi.
Dramaturg Iskandarning achchiq qismatini ko’rsatish bilan ona Vatan tuyg’u
sining qanchalik muqaddas, qanchalik bebaho ekanini, buni boshqa hech narsaga
qiyos qilib bo’lmasligini g’oyat ta’sirli ravishda ko’rsatgan, ona-Vatanga mehr-
muhabbat g’oyalarini asar sujetiga ustalik bilan singdirgan.
453. Erkin Vohidov ijodiga adabiy tanqidchilik munosabati qanday?
Erkin Vohidov ijodi XX asr va hozirgi o’zbek adabiyotining eng katta va
qimmatli yutuqlaridan biri sifatida 60-yillardan buyon adabiy tanqidchilik va
adabiyotshunoslikning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etib kelmoqda. O’zbek adabi-
yotshunosligida, jumladan, O. Sharafiddinov, L.Qayumov, S. Mamajonov, U. Nor-
matov, I. G’afurov, N. Xudoyberganov, B. Nazarov,Y. Solijonov, N. Shukurov,
H. Boltaboyev va boshqalarning ilmiy asarlarida Erkin Vohidov ijodining asosiy
xususiyatlari ancha keng tahlil qilingan. Bu muhim ilmiy tadqiqot ishi yanada
davom ettirilsa, Erkin Vohidovning ko’pqirrali va serjilo ijodi haqida yirik
monografiyalar ko’p yaratilsa, ayni muddao bo’lar edi.
Dostları ilə paylaş: |