O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   187
Mavzu: O’tkir HOSHIMOV 
 
470. O’tkir Hoshimov adabiyotga qachondan kirib keldi? 
O’zbekiston xalq yozuvchisi, Respublika Davlat mukofotining sohibi O’tkir 
Hoshimov XX asrning 60-yillari adabiyotga kirib kelgan avlod vakilidir. Adib 
ko’plab hikoyalar, qissalar, romanlar va dramalar yaratdi. Yozuvchi o’ziga xos, 
betakror publitsist sifatida ham tanilgan. Hayotimizning dolzarb masalalariga 
bag’ishlangan, hamisha yurak qa’ridan qaynab chiqqan, kitobxonni o’ylashga 
undaydigan maqolalari ijtimoiy-madaniy hayotimizda sezilarli voqea bo’ldi va 
ma’naviyatimizni boyitdi. 
O’tkir Hoshimov 1941-yil 5-avgustda Toshkentning Do’mbirobod mahallasida 
tug’ilgan. Uning otasi Toshkent to’qimachilik kombinatida oddiy ishchi bo’lgan.
5-sinfda o’qib yurgan kezlarida adabiyotga qiziqa boshlaydi, she’rlar va hikoyalar 
yoza boshlaydi. 1962-yilda yozuvchining ilk kitobi – “Po’lat chavandoz” bosilib 
chiqadi. Bunda u talaba edi.1963-yili “Sharq yulduzi” jurnalida ijodkorning “Cho’l 
havosi” degan jajjigina qissasi bosilib chiqadi va kitobxonlar orasida mashhur 
bo’lib ketadi. 
471. O’tkir Hoshimov nomini mashhur qilgan asari qaysi? 
Yozuvchi nomini mashhur qilgan asari “Cho’l havosi” qissasi bo’ldi. Qissa 
tanqidchilar e’tiborini ham, tajribali yozuvchilar diqqatini ham jalb etdi. Atoqli 
yozuvchi Abdulla Qahhor yosh muallifga shunday maktub yo’llagan: “O’tkir! 
“Cho’l havosi”ni o’qib suyunib ketdim. Birdan lov etib alanga bilan boshlangan 
ijodning kelajagi porloq bo’ladi, qissa juda sof, samimiy, iliq, tabiiy, rohat bilan 
o’qiladi. Qissaning xat shaklida bo’lishi ko’p joylarda ritmni buzadi, sizni cheklab 
qo’yadi. Hikoya birinchi shaxsdan olib borilsa ham shunday bo’lar edi. Buni 
o’ylang, hisobga oling. Shu alanga hech qachon pasaymasin, ijodingiz hech qachon 
tutamasin! Hurmat bilan Abdulla Qahhor”
67


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin