O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Mustaqillik va shoir ijodidagi o’ziga xoslik haqida nimalar deya olasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   187
466. Mustaqillik va shoir ijodidagi o’ziga xoslik haqida nimalar deya olasiz? 
 
O’zbekiston mustaqilligi munosabati bilan Abdulla Oripov ijodida ona-yurt 
va Vatan mavzuining yangicha talqinlari maydonga keldi.“Adolat oftobi”, “Uyg’o- 
nish zamoni”, “Erk haqqi”, “Oq kabutar” she’rlari ana shundaydir. Ayni vaqtda, u 
buyuk Amir Temurning tarixiy qudrati mehr bilan haqqoniy yoritilgan bir qancha 
she’rlar yaratdi. Bular uzoq yillar orzu qilingan adabiyotimizda Temur obrazini 
Vatan o’tmishi, buguni va istiqboli bilan bog’lab emin-erkinlikda yaratilgan dast-
labki asarlar bo’ldi.
“Adolat oftobi”da shoir yurtni, elni Mustaqillik bilan muborakbod etadi, 
adolat oftobi porlaganini kuylaydi. Bu she’r O’zbekiston mustaqil respublika deb 
e’lon qilingan kunda yozilgan va shu kuniyoq Oliy Kengash minbaridan o’qib 
berilgan.She’r faqat quvonch va shodliklardan osmonga mushak otish, Vatanimizni 
shon-sharaflarga burkash ruhida yozilmagan. Shoir bu mustaqillik osonlik bilan 
qo’lga kiritilmaganini e’tirof etadi, uni saqlab qolish, mustahkamlash muhimligiga 
e’tiborni qaratadi. Oldinda hali kurashlar borligini ta’kidlab, bu yo’lda hushyor 
turishga chorlaydi: 
Unutmagin va lekin, oldda bor hali yotlar, 
 
 
 
Qadamingni poylaydi ochko’z, yuho ne zotlar, 
 
 
 
Shoh suribsan,injimag’ingshisa agar motlar, 
 
 
 
Yelkamizga oftobning tekkanligi rost bo’lsin, 
 
 
 
O’zbekning o’z niholin ekkanligi rost bo’lsin. 
 
“Erk haqqi” she’rida “Adolat oftobi”dagi fikr davom ettiriladi. Bu she’rda 
shoir o’zbek xalqi hech qachon va hech kimga badniyatlik bilan munosabatda 
bo’lmagani va bo’lmasligini, bu mustaqillik millionlab dildagi haq-huquqning
qonuniy natijalari ekanini kuylaydi. Lekin bu hali barcha narsa hal bo’ldi, degani 
emas. Ertani shum qutqulardan batamom xoli deb bo’lmaydi. Shundan ogoh 
bo’lmog’i zarur. 


Shoirning bu kabi qator she’rlarida mustaqillikni qutlash va ulug’lash, uni 
ko’z qorachig’iday asrash va mustahkamlashga chaqiriq bilan chambarchas holda 
aks ettirilgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin