O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Abdulla Oripovning ijodiy kamolotga erishuvida kimlar muhim rol



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   187
459. Abdulla Oripovning ijodiy kamolotga erishuvida kimlar muhim rol 
o’ynadi? 
 
Abdulla Oripovning ijodiy kamolotida tinimsiz mehnat bilan birga, ustoz 
shoirlardan olgan saboqlar ham muhim rol o’ynagan. Abdulla Oripov Alisher 
Navoiy, Bobur, Cho’lpon, G’. G’ulom, Oybek, H. Olimjon, U. Nosir, A. Qahhor, 
Mirtemir, M. Shayxzoda singari buyuk ustozlar ta’sirida o’sib kamolotga yetgan. 
Abdulla Oripov: “Ko’pgina adiblarni o’sha paytdan, maktab o’quvchisi paytidan 
g’oyibona taniganman, ilk she’rlarimni o’shalarga ergashib yozganman”, – degan. 
Abdulla Oripov she’riyatga hech qachon ermak deb qaramaydi. Uni doimovijdon 
ishi deb biladi. Shuning uchun ham shoir asarga jilo va sayqal berishdan aslo erin-
maydi. Shoirning quyidagi she’rida samimiy ixlos va mamnuniyat barq urib turadi:
Boshin egar hamisha
 
 
 
 
 
Ostonangda Abdullo, 
 
 
 
 
 
Eng oliy baxtim mening, 
 
 
 
 
 
Onajonim, she’riyat. 
 
 
 
 
 
Topgan toj-taxtim mening, 
 
 
 
 
 
Jonajonim, she’riyat. 
460. Abdulla Oripov qanday mukofotlar sohibi? 
 
Abdulla Oripov 1983-yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor 
bo’ldi. Shu yili unga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. 1994-yilda Alisher 
Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga loyiq ko’rildi.1998- yilda esa shoir 
“O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. Abdulla Oripov O’zbekiston 
Respublikasi davlat madhiyasining muallifidir. 
461. Abdulla Oripovning respublika matbuotida ilk bor e’lon qilingan she’ri 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin