Kel, yashaylik hamisha birga,
Bizda bahor, gullar barchasi.
Bilsang men ham chaman o’lkamning
Sho’x va quvnoq, shod o’g’ilchasi
65
.
462. Abdulla Oripovning dastlabki to’plami haqida nimalar bilasiz?
Abdulla Oripov shoir sifatida asardan asarga o’sib, tezda ijodiy kamolotga
erishdi. Natijada she’riyatimiz xazinasiga yil sayin tobora ko’proq va qimmatliroq
hissa qo’shib bordi. Shoirning “Mitti yulduz”(1965), “Ko’zlarim yo’lingda”(1966),
“Onajon”(1969), “Chashma”, “Ruhim”(1971), “O’zbekiston” (1972) to’plamlari
e’lon qilinganda 30 yoshda bo’lgan. Bu to’plamlardan joy olgan she’rlarda ayrim
kamchiliklar bo’lgani tabiiy, lekin ular shoirni keng kitobxon ommasiga tanitdi.
463. Nima uchun shoirning ko’p asarlarida mungli nido, ma’yuslik kuchli?
Abdulla Oripovning qator she’rlarida va “Jannatga yo’l” dostonida mungli
nido, ma’yuslik mavjud. Bular shoirning turg’unlik davridagi adolatsizlik va ko’z-
bo’yamachilikka bo’lgan keskin e’tirozining in’ikosidir. Akademik Matyoqub
Qo’shjonov haqli ravishda qayd etganidek: “
Vaqtlar o’tdi. Qayta qurish ishlari
boshlandi. Bir vaqtlar shoirning mungli bo’lib ko’ringan she’rlari mavjud hayot-
ning aks sadosi ekani, shoir qalamga olgan manfur hodisalar o’sha davrga xos
haqiqatning o’zi ekani ma’lum bo’ldi. Uning haqiqatgo’y, hozirjavob shoir
ekaniga hamma tan berdi”
66
.
Dostları ilə paylaş: