O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasai” romandagi to’qqiz personajlar



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   187
 
481. O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasai” romandagi to’qqiz personajlar 
kimlar? 
Romanda mumtoz adabiyotda mavjud bo’lgan qoliplash san’atidan ijodiy 
foydalanilgan. Roman voqeasi Robiya, Qora amma, Kimsan Husanov, Muzaffar 
Shomurodov, Munavvar Aliyeva, Ra’no, Umar zakunchi, Olimjon Komilov kabi 
turli xarakter va turli toifadagi to’qqiz obraz tilidan hikoyalar tizmasi shaklida 
berilgan. Bu hikoyalar mazmunan o’zaro bog’langan bo’lib, bir-birini to’ldiradi. 
Shu tariqa ular romanning bir butun, tugal va jozibador sujetini hosil qilgan. 
482. O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanidagi obrazlar haqida 
nimalar bilasiz? 
Adib O’tkir Hoshimov kundalik hayot voqealarini, qishloq kishilarining 
mehnatu tashvishlarini, xatti-harakatlarini, o’zaro munosabatlarini xolis tasvirlab, 
turli qismat va taqdir sohiblari bo’lgan odamlarning yorqin obrazlarini yaratadi. 
E’tiqodi mustahkam, vijdoni pok, diyonati mahkam Orif oqsoqol, mard va dono 
ayol Qora amma, Husan duma, Komil tabib, Robiya kabi odamlarning 
insonparvarlik, halollik, fidoyilik, mehr-muhabbat singari ajoyib fazilatlarini 
ehtiros bilan tasvirlaydi. Romandagi qahramonlar hayotda ne-ne qiyinchilik, 
adolatsizlik, kulfatu zo’rlik ko’rishsa ham, to’g’ri yo’ldan toymaydilar, iymonlarini 
yo’qotmaydilar, adolat va aql bilan ish tutadilar. Masalan, Orif oqsoqol ba’zi 
rahbarlarning adolatsizligi tufayli kolxoz raisligidan nohaq bo’shatilganida, ikki 
azamat o’g’lining jangda halok bo’lgani haqida shum xabarni eshitganida ham 
dovdirab qolmaydi, tushkunlikka tushmaydi. Chin insoniyligini namoyish qiladi. 
Qora amma va Husan duma obrazlarida ham tantilik, odamiylik, sabr-bardosh, 
mehr-oqibat kuchli. Bular o’zlari qiynalsalar-da, boshqalarga faqat yaxshilikni 
ravo ko’radilar.
Ra’no obrazi orqali frontga ketgan eri Shomurodga vafosizlik qilib, yo’ldan 
adashgan suluv kelinchakning og’ir qismati, pushaymoni va fojiasi g’oyat ta’sirli 
qilib ochib berilgan. Umar zakunchi obrazida esa urush davrida kolxozda o’zi xon, 
ko’lankasi sulton bo’lgan ba’zi raislarning nopok ishlari mohirona fosh etilgan. 
“Ikki eshik orasi” romani personajlarga boy. Ular orasida Orif oqsoqol, Husan 
Duma, Komil tabib kabilar ajralib turadi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin