Yassaviyning bundan necha asr ilgari o’ziga zamondosh kimsalarga nisbatan
aytgan bu so’zlari sho’ro davri va shu davrning korchalonlariga ham qaratilgandek
jaranglaydi. Agar Alloma o’z davridagi chidab bo’lmas riyodan, makrdan, turli
munofiqlikdan tarkidunyo qilishga majbur bo’lgan bo’lsa, Mirtemir sho’ro davrida
boshiga tushgan chidab bo’lmas kulfatlardan, razolatdan, malomatdan to’yib, “men
yig’lab bo’ldim”, degan. Turkiston bu ikki siymoning vatani sifatida ham, turkiy
xalqlarning tarixiy manzili sifatida ham ko’p adolatsizliklarga, haqsizliklarga
guvoh bo’lgan – hammasiga chidagan.
Dostları ilə paylaş: