O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Tog’ay Murodning o’ziga xos qirralari nimalarda ko’rinadi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   187
495. Tog’ay Murodning o’ziga xos qirralari nimalarda ko’rinadi? 
Abdulla Qodiriydan boshlangan yangi o’zbek nasri 60 – 70 yil davomida, 
garchi unda o’ziga xos iste’dod mo’l bo’lsa-da, til-ifoda bobida asosan Qodiriy 
kashfiyotlari doirasida rivojlandi. Tog’ay Murod asarlaridagi ifoda, hikoya yo’sini 
esa 70 yillik milliy o’zbek nasrida tamomila boshqacha, o’zgacha o’zanni tashkil 
etadi. Ijodkor nasri sa’j
69
lar asosiga qurilganiga guvoh bo’lamiz. Bu nasriy ifoda 
faqat Tog’ay Murodgagina xos
70
. XX asr zamonaviy o’zbek tili, yangi o’zbek 
nasri mahsuli bo’lmish bu xil badiiy matn adabiyotimizda tamomila yangi, noyob 
hodisa. Matndagi gaplarning tuzilish tarzi, ohangi, so’z va jumlalarning takroriy 
kelishi, xalq tilining rang-barang tovlanishi, nozik lutf, qochiriqlar, goh hazin 
kayfiyat, goh tabassum uyg’otuvchi ifodalar, birgina jumla, birgina tashbeh orqali 
butun boblarga tatigulik voqea, drama, ruhiy holat – kechinmalarning jonli ifoda 
etilishi – bularning barchasi yetuk she’riyat, dostonchilik tajribalarini yodga soladi. 
Tog’ay Murod nasri hech kimnikiga o’xshamaydigan betakror musiqiy, 
she’riy ritm, hissiy ohangga, balkim ko’zga ko’rinmas, andazalarga solib bo’lmas 
g’aroyib vaznga ega. 
496. Tog’ay Murod asarlarini qaysi ijodkor qo’shiq deb ataydi? 
Tog’ay Murod asarlarini atoqli adib, “O’zbekiston Qahramoni” Said Ahmad 
qo’shiq deb ataydi. Jumladan, yozuvchimiz “Tog’ay Murodning qo’shiqlari” nomli 
maqolasida: “Tog’ay Murod qissa bitmaydi,nazarimda, bor ovoz bilan qo’shiq 
aytadi. Bu qo’shiqda avj pardalar bor, nolishlar bor, savt bor” deb yozganida to’la 
haq. Bu xususiyat uning romaniga ham xos. Qishloq odamlarining udumlari, 
maishiy hayoti, kasb-kori, mehnatini butun tafsilotlari, etnik ikir-chikirlari bilan 
ifodalash bobida Tog’ay Murod jahon adabiyotidagi “natural maktab” vakillari 
bilan bemalol bellasha oladi. Shunisi muhimki, yozuvchi asarlaridagi ayni 
shunday o’rinlar ham shoirona, musiqiy ohang bilan yo’g’rilgan. Shu tariqa Tog’ay 
Murod nasri hech kimnikiga o’xshamaydigan betakror musiqiy, she’riy ritm,hissiy-
ruhiy ohangga, vaznga ega. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin