Qissa qahramonlari – Qoplonbek va Oymomo atrofdagilarga faqat yaxshilik
tilaydigan, umrini ezgulikka baxshida etgan olijanob qalb egalaridir. Asarda buyuk
muhabbat bilan bir-biriga mangu bog’langanbu go’zal insonlarning butun hayot
yo’li oydinda aytilgan qo’shiqday tarannum etiladi. Qoplonbekka cheksiz kuch-
quvvat, mardlik va shijoat, Oymomoga behad go’zallik ato etgan ona tabiat, afsus,
ularni farzand ne’matidan bebahra qilgandi. Ular umrbod mana shu ne’mat ilinjida
yashashadi, ne-ne gap-so’zlarga, g’iybat-pichinglarga chidashadi. O’zlarini tabib-u
do’xtirlarga ko’rsatishadi, najot izlab bormagan joylari qolmaydi. Farzand istagi
shu qadar kuchli ediki, yoshi o’tib, keksayib qolgan Oymomo qo’shni kelinning
beshikdagi bolasini ovutib o’tirganda, qup-quruq ko’ksiga birdan sut keladi. Ayol
so’nggi nafasidagina onalik baxtidan
bir lahza totinadi-yu, dunyodan ko’z yumadi.
Hayotning o’zidan olingan bu ikki shaxs odam bolasi emas, balki farishtani
eslatadi. Qissaning tug’ilish tarixi ham sirli holatlar bilan bog’liq. “
Yurtimiz tog’
etagida So’fi Olloyor qabri bor. Shu qabr qabatida tog’chorbog’ bor. Men bir
qishni ona-yurtim chorbog’ida o’tkazdim. So’fi Olloyor bobo bilan qabatma-qabat
yotib, “Oydinda yurgan odamlar” nomli qissa bitib keldim”, - deb eslaydi muallif.
Dostları ilə paylaş: