503. Yozuvchi Tog’ay Murodning romanni yozish oldidagi holati qaytarzda bo’lgan? Yozuvchi Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarida ijtimoiy ruh
– pafos keng ko’lam kasb etadi. “Endi qonim o’z g’animlarimuchun qaynamadi. Yo’q, o’z g’animlarim o’z yo’lida qoldi. Endi qonim... olamjahon g’animlarim uchun qaynadi. Endi qonim... qudratli g’animlarim uchun qaynadi... - Men o’zbek xalqiga haykal qo’yaman! Men ana shunday shahd bilan olamjahon g’animlarim sari shaylandim” – yozuvchining romanni yozish oldidagi, jarayonidagi holat-kayfiyati ana shunday
bo’lgan.
Roman muallifi boshqa bir o’rinda bu asarni yozishdan ko’zlagan maqsadi
ustida to’xtalib, yana ham aniqroq qilib: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi – Ozod O’zbekiston uchun bitdim... Ko’nglimda el-yurtim yo’lida nimaiki dardim bor – barini ushbu romanimda to’kib soldim”, - deydi. Bu lo’nda e’tirofda asarning
asosiy ruhi-pafosi yorqin ifodalangan.
504. Yozuvchi Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani va uning asosiy g’oyasi nimada? Xalqimizning sevimli yozuvchisi Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan
dalalar” romani Alloh in’om etgan eng ulug’ ne’mat – mustaqilligini, erkini,
ozodligini boy bergan, bosqinchilar bo’yinturug’ini bo’yniga ilgan el-yurt boshiga
tushgan balo-ofatlar, mislsiz xo’rliklar, istibdod iskanjasida qolgan xalq chekkan
zahmatlar tufayli adib dilidagi oh-armon, nola-fig’on, salkam bir yarim asr davom
etgan imperiya zulmi, zug’umiga qarshi zo’r nafrat – tug’yon kabi yangraydi.
Roman istiqlol davrining adabiyotimizdagi ilk xayrli yutuqlaridan biridir.
Imperiya siyosatini, mustabid tuzum mafkurasi mohiyatini bu qadar oshkora,
keskin fosh etadigan asarning bizda chiqishi avval xom-xayol bo’lgan. Muallif
roman yozishga 1986-yilda kirishgan, 1991 – istiqlol yilida yozib tugatgan va
1993-yilda kitob holida bosilib chiqqan.