O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Turkistonning majoziy obrazi Rauf Parfi ijodida qanday aks etgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   187
492. Turkistonning majoziy obrazi Rauf Parfi ijodida qanday aks etgan? 
 
Rauf Parfi “Turkiston yodi” she’rida Turkistonni Sabr daraxtiga mengzaydi
(majoziy obraz sifatida).Turkiston obrazini yaratishdan murodi e’tiborimizni uning 
o’tmishdagi taqdiriga tortish emas. Uning asosiy maqsadi Sabr daraxtining porloq 
kelajagiga qaratilgan. U bu daraxtning kelajakda o’z atrofiga barcha farzandlarini 
olishini orzu qiladi. “Turkiston – umumiy uyimiz” degan shior, g’oya Rauf Parfi 
she’ri zamirida bor edi. She’rning lirik qahramoni yastanib yotgan kengliklarda 
xayol surib borar ekan, o’tmishdagi Vatan uni chorlaydi: 
 
 
 
Yana yiroqlarga chorlaydir moziy, 
 
 
 
Vatan tushunchasi kelar yetaklab 
 
 
 
Ayrilgan, xo’rlangan ulus ovozin. 
 
 
 
Shoirning beshigi aytar ertaklar. 
 
Rauf Parfi sof lirik xayollar bilan sug’orilgan “Turkiston yodi” she’riga ana 
shu tarzda katta ijtimoiy mazmunni singdirib yuborgan.
493. Rauf Parfi qaysi asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilgan? 
 
Rauf Parfi o’zbek o’quvchilarini jahon she’riyatining eng sara 
namunalaridan bahramand etish maqsadida badiiy tarjima sohasida ham samarali 
mehnat qilgan. Jumladan, Bayronning “Manffred” dostoni, Karlo Kaladzening 
“Dengiz xayoli”, Nozim Hikmatning “Inson manzaralari”, Mahmud Hodiyning 
“Ozodlik lavhalari”, A. Tvardovskiyning “Xotira huquqi” kabi asarlari; Pablo 
Neruda, Karlo Kaladze, Gevorg Emin, Voqif Samad she’rlari Rauf Parfi qalami 
tufayli xalqimiz adabiyot ixlosmandlariga yetib borgan.
 
 Mavzu: Tog’ay MUROD 
494. Yangi o’zbek adabiyoti takomilida To’ay Murodning tutgan o’rni 
nimalarda ko’rinadi
Adabiy taxallusi Tog’ay Murod, asl ismi Tog’aymurod Mengnorov bo’lgan bu 
noyob iste’dod egasi XX asrning 70-yillari adabiyotimiz maydoniga kirib keldi. 
Dastlab kichik hikoyalar yozdi. Ularda o’ziga xos iste’dod jilolari borligini kimdir 
payqadi, kimdir payqamadi. 1976-yilda “Yulduzlar mangu yonadi” nomli qissasi 
“Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilinishi bilan birdaniga uning nomi el og’ziga 


tushdi, muhokamalarda, maqolalarda asar yilning eng yaxshi qissasi deb e’tirof 
etildi. So’ng birin-ketin “Ot kishnagan oqshom”(1979), “Oydinda yurgan odamlar” 
(1980), “Momo yer qo’shig’i”(1985) qissalari bosilib chiqdi. Bu asarlarning har 
biri adabiyot osmonida go’yo momaqaldiroqdek yangradi, keng jamoatchilik 
e’tiborini tortdi, qizg’in bahs-munozaralarga asos bo’ldi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin