425. Pirimqul Qodirovning ”Olmos kamar” asari qachon va qanday mavzuda yozilgan? Xalqimizning sevimli yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Olmos kamar”
romani 1977-yilda yozilgan. Bu romanda katta shaharlarni yangi zamon talablariga
moslab qayta qurish va obodonlashtirish jarayonida yuzaga kelgan murakkab
holatlarni bartaraf etish, qadimiy ezgu urf - odatlarni, iqlim sharoitini saqlab qolish
bilan bog’liq muammolar o’z ifodasini topgan; hozirgi fan-texnika inqilobi davri,
gavjum shahar hayoti, o’ta zamonaviy kishilar turmushi aks ettirilgan.
426. Yozuvchi Pirimqul Qodirovning qaysi asarlarini ma’lum ma’noda o’ziga xos triligiya deb atash mimkin? Zamonaviy mavzuda bitilgan ko’pgina asarlari orqali kattagina adabiy tajriba
to’plagan O’zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov 60-yillarning oxiriga
kelib murakkab va qaltis tarixiy bir mavzuga qo’l urdi- temuriylar saltanatining o’z
yurtidagi inqirozi, o’zga yurtlar- Afg’oniston va Hindistondagi o’zgacha
ko’rinishda qayta tiklanishi, jahonshumul dovrug’i, Temurxon naslining shonli
siymolaridan Bobur va uning avlodlari hayoti, faoliyati to’g’risida hikoya qiluvchi
keng ko’lamli epic asar ustida ish boshladi. Uzoq yillik izchil tadqiqot, betinim
ijodiy mehnat, ma’naviy-ruhiy izlanishlar samarasi o’laroq “Yulduzli tunlar” (keyinchalik “Bobur”) (1978), ”Avlodlar dovoni” (yoki “Humoyun va Akbar”)
(1988) va ”Ona lochin vidosi” (2000) romanlari maydonga keldi. Bu uch
romanlarni ma’lum ma’noda o’ziga xos trilogiya deb atash mumkin.
427. Mazkur uch romandagi o’zaro ichki bog’lanish nimada deb o’ylaysiz? “Yulduzli tunlar”, ”Avlodlar dovoni” va ”Ona lochin vidosi” kabi uch
roman mavzu, g’oyaviy mazmun va asosiy obrazlar e’tibori bilan bir-biriga yaqin
turadi. Har uchala asarda ham temuriy hukmdorlar hayoti, ular bilan bog’liq
voqealar aks etadi. Bu romanlar o’rtasidagio’zaro ichki mantiqiy bog’lanish ana
shunda namoyon bo’ladi.