O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 ”Uch ildiz” romanining o’ziga xos jihatlari haqida nimalar bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   187
414. ”Uch ildiz” romanining o’ziga xos jihatlari haqida nimalar bilasiz? 
qahramoni Mahkam yaxshi ko’rgan qiz kim? 


“Uch ildiz” romani 50-yillar o’rtalaridagi muhim tarixiy jarayonlarning 
qaynoq izidan borib yozilgan, o’zbek adabiyotida, balki ko’pmillatli sho’ro 
adabiyotida shaxsga sig’inishning noxush oqibatlarini aks ettirgan dastlabki yirik 
asardir. Shaxsga sig’inish muhitida yetishgan, aqidaparastlik hamda bulgar 
sotsiologizm g’oyalari bilan zaharlangan, safsatabozlikni o’zlariga qurol qilib 
olgan, shular vositasida mansab-martabalarga, ilmiy darajalarga ko’tarilgan, xolis,
iste’dodli, haqiqiy fan zahmatkashlarini yo’ldan olib tashlashga erishgan 
kimsalarning asl qiyofasini fosh etish, o’shanday kimsalarga qarshi turgan yangi 
fikrli kishilar kurashini ko’rsatish romanning asosiy g’oyaviy-badiiy mundarijasini 
tashkil qiladi. 
“Uch ildiz” romani voqealari bir oily o’quv yurtida bo’lib o’tadi, asardagi 
qahramonlar ziyolilar – professor-o’qituvchilar, aspirantlar va talabalar bo’lib, 
undagi mojarolar esa asosan mafkuraviy kurash tevaragida ketadi. Romanda 
yoshlarning ishq-muhabbati, sevgidagi adashishlar, yangicha va eskicha qarashlar, 
o’quv-tarbiya masalalari bilan bog’liq mojarolar ham qalamga olinadi, biroq ular 
ham har xil yo’llar bilan bosh masalaga – mafkuraviy kurashlarga borib ulanadi. 
415. “Uch ildiz” romanining asosiy g’oyasi nimada deb o’ylaysiz? 
Pirimqul Qodirovning “Uch ildiz” romani oliy maktab talabalari hayotiga 
bag’ishlangan birinchi katta nasriy asardir. Shaxsga sig’inish davri ta’sirida 50-
yillarda oily o’quv yurtlarida ildiz otgan tarafkashlik, mansabparastlik, 
soxtalikdabdababozlik – “qizil so’zlik”, haqiqatdan ko’z yumib, rostgo’y olimlarni 
beobro’qilish singari illatlarni fosh etish, ilm fidiyilari bilan soxta “olim”lar 
o’rtasidagi ziddiyatni ochib berish, adolatli, haqgo’y ziyolilarni iste’dodli tolibi 
ilmlarni qo’llab-quvvatlash – romanning asosini egallaydi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin