O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 “… Bu uch roman garchi har biri mustaqil, o’zicha tugal asar sanalsa-



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   187
402. “… Bu uch roman garchi har biri mustaqil, o’zicha tugal asar sanalsa-
da, o’ziga xos trilogiya xalqimiz tarixining muayyan bosqichi – qizil 
imperiyaning yurtimizda tinch, osoyishta kunlarda ichdan yemirilishi, 
halokatga yuz tutish davri haqida muayyan tasavvur beradi”. Mazkur fikrlar 
kimning qaysi asarlari haqida? 


Yuqoridagi fikrlar xalqimizning sevimli yozuvchisi Odil Yoqubovning 
“Diyonat”,”Oqqushlar, oppoq qushlar” va “Adolat manzili” romanlari haqida 
aytilgan. Bu uch roman zamonaviy mavzularni yoritishda yozuvchi imkoniyatlarini 
tobora ko’payib, mahorati yanada o’sganligidan dalolat beradi.“Diyonat” romanida 
O’zbekistonning XX asr 70-yillaridagi hayoti tasvirlangani bizga ma’lum.
“Oq qushlar, oppoq qushlar” romanida 80-yillarning boshlarida mamlakatda 
mavjud bo’lgan hayot haqiqati aks ettirilgan bo’lsa, “Adolat manzili” romanida 
1984 – 1988-yillarda “paxta ishi”, “o’zbek ishi” bahonasida O’zbekistonda bo’lib 
o’tgan fojiali voqealar haqqoniy tarzda tasvirlangan. 
403. Odil Yoqubovning ”Adolat manzili” romani nima haqida bahs yuritadi, 
bosh qahramoni kim? 
Odil Yoqubov “Adolat manzili” romani ustida 1988-1991-yillar davomida ish 
olib bordi. Asar 1994-yilda “Sharq yulduzi” jurnalida bosildi. 1998-yilda alohida 
kitob bo’lib chiqdi. Roman voqeasi oddiy – unda “o’zbek ishi” deb atalgan 
ko’ngilsiz hodisaning ayanchli bir ko’rinishi haqida hikoya qilinadi. Yaqindagina 
sovxoz direktorligiga ko’tarilgan halol, g’ayratli, shijoatkor, tadbirkor yigit 
chaquv orqali mansabdorga “pora bergan”likda ayblanib qamaladi, markazdan 
kelgan “desantchi”larning tahdid-u bedodliklari uchun qamoqxonada o’zini 
o’ldiradi… Asardagi barcha gap-so’zlar, voqealar mana shu ko’rgulikka mubtalo 
bo’lgan shaxs – bosh qahramon Suyun burgut bilan bog’liq, yozuvchi bu mudhish 
hodisaga munosabatda bir talay personajlarning ma’naviy qiyofasini yana ham 
batafsil gavdalantiradi, o’zining hayot, uning chigal jumboqlari xususidagi o’y-
mushohadalarini izhor etadi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin