O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 ”Yoqubovning romani markazida Ibn Sino hamda Beruniy taqdirlari



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   187
397. ”Yoqubovning romani markazida Ibn Sino hamda Beruniy taqdirlari, 
ular yashagan davr turadi. U tarixga bugungi davr nuqtai nazaridan 
qaraydi…” Kimning fikrlari va qaysi asar haqida? 
O’tmish haqiqati tahlili va saboqlari “Ko’hna dunyo” romanida o’ziga xos 
tasvirlangan. Adabiyotshunos Sarvar Azimov “ Ko’hna dunyo” romanini tahlil 
qilarkan, yuqoridagi fikrlarini davom ettirib, shunday deydi: “… muallifning xulo-
salari va umumlashmalari keng, shuning uchun tarixiy materialga ajib dolzarb 
ma’-no bag’ishlaydi. Zamonlar osha qilingan sayohat teran falsafiy umumlashma-
lar chiqarishga imkon beradi. Romanda tasvirlangan barcha voqealar hujjatlar 
bilan cheklab qo’yilmagan.Odil Yoqubov tarixni xuddi ko’rib turadi, tarix bilan 
bahslashadi, zamondoshlariga uzoq o’tmish tajribalaridan guvohlik berayotgan-
dek bo’ladi…
60

398. Shorahim shovvoz qaysi asar qahramoni? U qanday xarakterlarga ega? 
“Oqqushlar,oppoq qushlar” romani markazida Shorahim shovvoz obrazi turadi. 
Bu obraz siymosida mehnatkash xalqimiz, asl dehqon-bog’bonga xos fazilatlar, 
ayrim ojizliklaryaxshi namoyon bo’lgan. Shovvoz butun umri mehnat bilan o’tgan, 
el-yurt g’amida o’zini, shaxsiy hayotini, huzur-halovatini unutib yuborgan. 
Shovvoz yil davomida erta-yu kech mehnat bilan bo’lib, tug’ilgan yurtining chiroyi 
va ne’matlaridan bebahra qolgan, vafodori Oysuluv ko’nglini ham ololmagan, 
sog’lig’i haqida qayg’urmagan. Oxirida u buning uchun o’kinadi, ammo hayotini 
qaytadan boshlash imkoniyati bo’lganida, yana shu tarzda umr kechirishi tabiiy, 
chunki u mehnat uchun tug’ilgan, el-yurt g’amidan boshqasini bilmaydigan odam. 
Shovvoz – birda mard, tanti, kezi kelganda, qahri qattiq; birda muloyim, qalbi 
daryo; birda o’ta soda, go’l; birda esa, ko’pni ko’rgan, donishmand – xullas, 
g’aroyib tabiatli odam. Uning yigitlik sha’ni oyoqosti qilingan o’g’liga aytgan 
qat’iy so’zini tinglaganda, qabih kimsa – Fotih va qallob Muzaffarga hamla 
qilgandagi, Muzaffar “himmati”ni rad etgandagi holatini ko’rganimizda uning 
60
Aзимoв Сaрвaр. “Ўтмиш ҳақиқати сaбoқлaри”. – “Шaрқ Юлдузи” журнaли, 1986 йил, 10-сoн, 168-бeт. 


shijoatiga qoyil qolamiz. Umr yo’ldoshi Oysuluvga o’z vaqtida yordam 
berolmaganiga, o’g’li avariyaga uchraganda chekkan alamli zorlarini o’qiganda 
dildan achinamiz… 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin