O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Odil Yoqubovning qanday tarixiy asarlarini bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   187
390. Odil Yoqubovning qanday tarixiy asarlarini bilasiz?
Odil Yoqubov zamondoshlarimiz hayotini aks ettiruvchi hikoya, qissa va 
romanlar muallifi sifatida o’zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. Adib tarixni ko’p 
o’rgandi , ularning samarasi o’lasroq “Ulug’bek xazinasi” (1973) va “Ko’hna 
dunyo” (1983) romanlarini yaratdi. Bular yozuvchiga katta shuhrat keltirdi. Adib 
asarlarida tarixiy faktlar, shaxslar asos qilib olingan bo’lsa-da, tarixiy shaxslarning 
batafsil biografiyasi emas, balki shu faktlar bahonasida muayyan ijtimoiy-axloqiy 
muammolar yuqori o’ringa chiqqan. 
391. Odil Yoqubov “Ulug’bek xazinasi” asarini yozishda kimning tajribasidan 
foydalandi? 
 
Ma’lumki, xalqimizning buyuk farzandi Ulug’bek haqida bir qancha badiiy 
va ilmiy-ommabop asarlar bor, ular orasida Maqsud Shayxzodaning “Mirzo 
Ulug’bek” tragediyasi alohida ajralib turadi. Odil Yoqubov ham Maqsud 
Shayxzoda tajribalaridan bahramand bo’lgan. 
 
392. “Ulug’bek xazinasi” (Odil Yoqubov) romanining “Mirzo Ulug’bek” 
tragediyasidan farqi nimada? 
“Ulug’bek xazinasi” romani bilan “Mirzo Ulug’bek” (Maqsud Shayxzoda) 
tragediyasi orasida ko’pgina umumiyliklar bor. Roman ham tragediya kabi 


Ulug’bek hayotining so’nggi davrini hikoya qilishdan boshlanadi, tragediyadagi 
ko’pgina tarixiy faktlar romanda ham tilga olinadi, bir qancha tarixiy shaxslar ham 
bu yerda ham ishtirok etadilar. “Ulug’bek xazinasi” romani faktlar,tarixiy shaxslar-
ning badiiy talqini,o’zining uslubiy,g’oyaviy-badiiy yo’nalishi bilan “Mirzo 
Ulug’bek” tragediyasidan keskin farq qiladi. 
393. Odil Yoqubovga katta shuhrat keltirgan asari haqida nimalar bilasiz? 
Odil Yoqubovga katta shuhrat keltirgan asari, shubhasiz, “Ulig’bek xazinasi” 
romani bo’ldi. Roman keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Ko’plab 
olim-u yozuvchilar, jamoat arboblari roman haqida o’z mulohazalarini bildirishdi. 
Davrimizning ulkan adibi Chingiz Aytmatov shunday yozadi: ”Yaxshi kitob 
haqida 
gapirish
 maroqli. Bu –yuksak va olijanob proza namunasi. Badiiy quvvati 
jihatidan salmoqdor bu tarixiy roman meni larzaga soldi. Bu esa yaxshi asarning 
birinchi alomati. Bundan ham muhimi shundaki, romanni o’qirkanman, 
ko’nglimda turkey xalqlarimiz tarixi uchun iftixor tuyg’usi jo’sh uradi. Ulug’bek 
shunday dahoki, u bizning asrlar osha tariximizga, ona yerda tutgan mavqeimizga 
guvoh. Ulug’bek – bizning dildagi ohimiz, hasratimiz, u buyuk insoniy tajribalar 
haqida, dunyo haqida yuksak mezonlarda turib, mulohaza yuritish, hukm-saboqlar 
chiqarish uchun asos beradigan shaxs… 
Ulug’bek men uchun o’rta asrning atoqli olimi bo’lgani uchungina emas, balki 
xalqlarimiz tarixidagi eng murakkab va og’ir fojiani boshdan kechirgan alloma 
bo’lgani uchun ham ulug’dir”. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin