O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Qaysi asar yozuvchi Odil Yoqubovning bosh estetik, axloqiy



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   187
385. Qaysi asar yozuvchi Odil Yoqubovning bosh estetik, axloqiy 
prinsiplarini shakllantiruvchi asar sifatida ham qimmatli?
Yozuvchi Odil Yoqubov “Muqaddas” qissasida bir qarashda kundalik oddiy 
voqeaday bo’lib ko’rinadigan hayot lavhalarini chuqur tadqiq etgan. Shu orqali 
axloq-odob va yoshlar tarbiyasiga oid muhim muammolarni ko’targan. Poklik, 
vijdoniy soflik, to’g’rilik va halollikni ulug’lab, yoshlar hayoti va ongida 
uchrovchi olg’irlik va qing’irliksingari yaramas odatlarni keskin qoralagan. 
Shuning uchun ham “Muqaddas” yozuvchining bosh estetik, axloqiy prinsiplarini 
shakllantiruvchi asar sifatida ham g’oyat ahamiyatlidir. 
386. Odil Yoqubovning ”Qanot juft bo’ladi” asari nima haqida bahs yuritadi? 
“Qanot juft bo’ladi” qissasi 1968-yilda yozilgan. Asarda yozuvchi bir emas, bir 
necha ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy muammolarni ko’taradi. 60-yillar kishilari 
ma’naviy hayotida nimalar sodir bo’lyapti, qaysi odatlar maqbul, qaysilari esa 
nomaqbul, xalqning ma’naviy yuksalishiga nimalar to’sqinlnk qilyapgani haqida 
javob izlaydi.
Qissa personajlari Akram, Sayyora, Shavkatjon, Nilufar, Murodjon, Sodiq – 
barchasi burchga munosabat, imon-e’tiqod, diyonat, adolat tuyg’usi fonida tahlil 
etiladi. 
Asarning yetakchi personajlari – Akramning ikkilanishlari, iztiroblari, 
Sayyoraning adashishi, boshqa personajlar taqdiri va xarakteridagi kuchli va ojiz 
jihatlar davr sur’ati bilan bog’liq holda tahlil etiladi. 
387. Odil Yoqubov qaysi asarida dongdor ayol Saltanatni halokatga olib 
kelgan omillarni badiiy tahlil qilib bergan? 
Odil Yoqubov “Bir feleton qissasi”ni 1963-yilda yozgan. Unda keltirilishicha, 
journalist Uchqunjon yaxshi surishtirmay shoshma-shosharlik bilan bir vaqtlar 
mehnatda dong taratgan, keyinchalik esa yengil hayot kechirish yo’liga kirib
ketgan ayol haqida feleton yozib yuborgan. U katta xatoga yo’l qo’yganini sezib 
qolgach, vijdon azobiga tushadi, asli pokiza yigit yuz bergan xatoni tuzatish uchun 
qalb da’vati bilan kurashga otlanadi. Xuddi o’sha kurash jarayonida, bir tomondan, 
qahramonning vijdon, diyonat tuyg’usining kuchi namoyon bo’lsa, ikkinchi 
tomondan, yozuvchini hayajonga solgan hayotiy chigalliklarning ildizi ochila 
boradi. Yozuvchi dongdor ayol Saltanatni og’ir fojiaga olib kelgan omillarni badiiy 
tahlil etib beradi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin