382. Tanqidchi Ozod Sharafiddinov yozuvchining qaysi asarini yaxshi asar sifatida baholagan? Odil Yoqubovning “Tengdoshlar” qissasi 1951-yilda bosilgan. Shundan
keyin adib ko’plab asarlarni e’lon qildi. Biroq 1961-yilda e’lon qilingan
“Muqaddas” qissasi muxlis va mutaxassislarga juda yoqib tushdi. Shuning uchun
ham mashhur tanqidchi Ozod Sharafiddinov bu asarni chuqur tadqiq qilgan va
haqli ravishda “birinchi pichoqqa ilinadigan asar” deya baholagan. 383. Qaysi ijodkor uchun diyonat, imon-e’tiqod, ijtimoiy adolat ijodining bosh ma’naviy muammosi hisoblanadi? Odil Yoqubov adabiyotga zamondoshlari kuychisi, solnomachisi sifatida
kirib keldi, asarlarida birinchi galda o’z davrining ijtimoiy-ma’naviy masalalarini
ko’tardi. Ijodkor uchun diyonat, imon-e’tiqod, ijtimoiy adolatni kuylash bosh va
asosiy masala hisoblanadi. Odil Yoqubovning “Muqaddas” qissasi ikki yoshning
sevgi qissasidan iborat bo’lmay, unda sevgi bahonasida insonning inson, el-yurt
oldidagi burchi, halollik, adolat, diyonat kabi masalalar ko’tarilgan.
“Muqaddas” so’zi faqat qissa qahramoni nomi bilangina bog’liq bo’may,
yozuvchi asarda zo’r ehtiros bilan ilgari surgan – vijdon, burch, diyonat, imon-e’ti-
qod g’oyasini ham o’zida ifodalaydi. “Muqaddas”dan tortib “Diyonat”, “Oqqush-
lar, oppoq qushlar” romanlarida ham shu muammo adibning diqqat markazida tur-
gan.
384. “Muqaddas” qissasi qahramoni Sharifjonni qing’ir yo’lga boshlagan omillar qaysilar? “Muqaddas” qissasi qahramoni Sharifjonni qing’ir yo’lga boshlagan omillardan
biri oilaviy muhit ta’siri edi.Sharifjon muayyan bir vaziyatda o’z irodasiga, vijdoni,
e’tiqodiga xilof ravishda xudbinlik ko’chasiga kiradi. Bu holat ikki yoshning sevgi
sarguzashtlari, oliy maktabga kirish uchun imtihon topshirishlari bilan bog’liq
kechinmalarini ifodalashda yaqqol ko’rinadi. Sharif o’z sevgilisi Muqaddas bilan
birga kirish imtihonlarini topshiradi. Biroq yigit imtihonda nopok yo’l tutib, o’zi
sezmagan va istamagan holda Muqaddasga jabr qilib qo’yadi. Qiz imtihondan o’ta
olmaydi. Bu voqea yigit qalbida chuqur iz qoldiradi, ruhan qiynaladi, og’ir iztirob
girdobida qoladi. Uning ma’naviy hayoti ostin-ustun bo’lib ketadi.