381. Odil Yoqubovning qaysi asari uni yozuvchi sifatida elga tanitdi?
Odil Yoqubovning yozuvchi sifatida elga tanitgan asari 1961-yilda e’lon
qilingan “Muqaddas” qissasi hisoblanadi. Ham ma’yus, ham allaqanday nurli
ohanglarga to’la bu sevgi dostoni qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’ldi. Bu
asar shunchaki ikki yoshning sevgi qissasidan iborat bo’lmay, unda sevgi
bahonasida insonning inson, el-yurt oldidagi burchi, halollik, adolat, diyonat kabi
masalalar ko’tarilgan.
Yozuvchi “Muqaddas” qissasida hayotning o’zidan olgan zavqini, o’z yurak
dardini, hayajonlarini izhor etgan, o’zi qalamga olgan hodisalani murakkabligi,
ziddiyatlari, chinakam nafosati bilan kitobxonga yetkaza olgan. Qissada ikki
yoshning hayotdagi ilk mustaqil qadamlari, quvonch va tashvishlari samimiy
tarzda hikoya qilingan.
Dostları ilə paylaş: