O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Odil Yoqubovning ”Ulug’bek xazinasi” romanidagi qaysi alloma



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   187
394. Odil Yoqubovning ”Ulug’bek xazinasi” romanidagi qaysi alloma 
mudhish voqealar girdobida dovdirab, o’z ustozidan yuz o’giradi, fanga, 
e’tiqodiga xiyonat qiladi? 
Taxt tepasiga Abdullatif boshliq qora guruh(ularning ma’naviy rahnamosi 
Nizomiddin Xomush) kelgach, Ali Qushchi boshliq ma’rifat fidoyilari Ulug’bek 
xazinasini o’sha dahshatli kunlarda qora guruhlar nazaridan, tahdid va ta’qibidan 
himoya etish uchun ketgan shiddatli, xatarli kurashda jonbozlik ko’rsatadilar.
Ana shunday og’ir sinov paytida maslakdosh shogirdlar orasida ham 
saralanish yuz beradi. Olim mavlono Muhiddin mudhish voqealar oldida dovdirab, 
o’z ustozidan yuz o’giradi, fanga, e’tiqodiga xiyonat qiladi. 
395. Odil Yoqubovning “Ko’hna dunyo” romani haqida nimalar bilasiz? 
Odil Yoqubov tarixiy o’tmish mavzusini aks ettirish va xalqimiz orasidan 
yetishib chiqqan buyuk allomalar obrazini yaratishda tarixiy-falsafiy romani –
“Ko’hna dunyo”da katta yutuqqa erishgan. Unda mashhur tarixiy shaxslar – Abu 
Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning ilm-fan taraqqiyotiga, xususan, tibbiyot 
ilmining rivojiga qo’shgan olamshumul hissasi badiiy yo’l bilan batafsil va teran 
aks ettirilgan. Shuningdek, ularning og’ir hayoti va fojiali qismati mahorat bilan 
tasvirlangan. Romanda Beruniy va ibn Sino obrazlari o’z davrining ijtimoiy 
ziddiyatlari va shiddatli voqealari zaminida ko’rsatilgan.Shunga ko’ra asarda o’sha 
davr ruhi bo’rtib turadi. Asar xalqimizning uzoq o’tmishi, uning o’sha davrdagi 
turmush tarzi, urf-odatlari haqida boy ma’lumot beradi.


396. Odil Yoqubovning “Ko’hna dunyo” romani sujeti qanday tashkil 
topgan? 
Sermahsul adib Odil Yoqubovning “Ko’hna dunyo”romani sujeti rivoyatlar 
negizida tashkil topgan. Romanda ishlatilgan rivoyatlarni uch guruhga bo’lish 
mumkin: 1. Roman sujeti tarkibida “qistirma hikoya” sifatida berilgan rivoyatlar. 
2. Roman sujetiga asos bo’lgan voqealarning badiiy to’qimasiga singdirib 
yuborilgan rivoyatlar. 3. Roman sujeti tarkibidagi mif, afsona va rivoyat motivlari. 
“Ko’hna dunyo” romanida telba shoh va avom xalq, dono to’ti va besabr 
podshoh, olam va uning yaratilishi haqidagi, “ne’mati ilohiy” to’g’risidagi, Abu 
Rayhon Beruniy va Mahmud G’aznaviy bahsiga doir rivoyat asar sujetiga mohirlik 
bilan singdirib yuborilgan. Bu rivoyatlar romanda tasvirlangan tarixiy voqelik va
obrazlar ma’naviy olamining badiiy gavdalanishiga xizmat qilgan. Zero, romanda 
qo’llanilgan har bir rivoyat sujet rivoji bilan mustahkam bog’lanib ketgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin