O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 “Uch ildiz” romanidagi “… urilgan, nomiga dog’ tushgan” tarixchi olim



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   187
 416. “Uch ildiz” romanidagi “… urilgan, nomiga dog’ tushgan” tarixchi olim 
Toshevning qizi kim? 
Adib Pirimqul Qodirovning “Uch ildiz” romani qahramoni Mahkam mehr 
qo’ygan qiz Gavhar. U “… urilgan, nomiga dog’ tushgan” kishining – tarixchi 
olim Toshevning qizi bo’ladi. Toshev xudbin va mansabparast kimsalar qutqusi 
bilan nohaq ayblanadi, ishdan chetlatilgan. Mahkam universitetdagi, fakultetdagi 
nosog’lom muhitni o’rgana borib, dekan Hakimov va Eshonboyevlarning soxta 
olimlar ekanini, jirkanch basharalarini dalillar bilan ochib tashlaydi.
417. Pirimqul Qodirovning qaysi qissalarida inson qadr-qimmatini ulug’lash, 
insonparvarlik va adolatparvarlik, halollik va sof vijdonlilik g’oyalari ilgari 
surilgan? 
 
Pirimqul Qodirovning “Qadrim”(1959), ”Erk”(1969), ”Meros”(1974), 
”Najot”(1981) qissalarida turli mavzular aks ettirilgan. Inson qadr-qimmatini 
ulug’lash, insonpar-varlik va adolatparvarlik, halollik vas of vijdonlilik, 
vatanparvarlik va xalqlar do’stligi g’oyalari olg’a surilgan. 
  
418. ”Qadrim” asarining bosh qahramoni kim?


Pirimqul Qodirovning “Qadrim” qissasida zamonaviy mavzu yoritilgan. Unda 
o’zbek adabiyoti uchun yangi mavzu – gazchilar hayoti va mehnati qalamga 
olingan. Asarning bosh qahramoni Iskandar bo’lib, dunyoqarashining
shakllanishi, uning o’z qadr-qimmatini tushuna borishi, hayotdan o’rnini topib 
olishi jarayonini tasvirlashga e’tibor berilgan va bu masala muvaffaqiyatli ravishda 
yoritilgan. Qissadagi voqealar ham Iskandar tilidan hikoya qilinadi. 
419. ”Meros” qissasi nima haqida? 
Pirimqul Qodirovning “Meros” qissasi mashhur paxtakor Mamajon 
Dadajonovning porloq xotirasiga bag’ishlangan. Asarda paxtakorlar hayoti, 
ularning mashaqqatli mehnati haqqoniy va to’laqonli aks ettirilgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin